Sertifikatlar topshirildi

Batafsil: Yaratildi: 09.11.2020 14:31 Tahrirlandi: 09.11.2020 14:58 Ko'rishlar soni: 200

Mamlakatimizda o‘zbek tilining nufuzini oshirish, yoshlarimiz ongu shuurida ona tilimizga hurmat, mehr-muhabbat tuyg‘ularini kamol toptirish, korxona, tashkilot, muassasalarda davlat tilida ish yuritish masalalariga alohida eʼtibor berilmoqda. Bu jihatdan Prezidentimiz tomonidan joriy yilning 20 oktyabrida imzolangan “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yana-da rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmon ayni muddao bo‘ldi.

Mazkur farmonga muvofiq 2021 yil 1 apreldan boshlab o‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha bilimni baholashning milliy test tizimi asosida rahbar kadrlarning davlat tilida rasmiy ish yuritish darajasi aniqlanadi hamda masʼul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslar uchun davlat tilini bilish bo‘yicha daraja sertifikatlari joriy etiladi.

9 ноября2

Shu maqsadda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida va uning har bir viloyatdagi tegishli oliy o‘quv yurtlari huzuridagi filiallarida o‘zbek adabiy tili meʼyorlari va davlat tilida ish yuritish bo‘yicha qisqa muddatli (1-2 oygacha) o‘quv kurslari tashkil etildi.

Bugungi kunda Navoiy kon-metallurgiya kombinatining barcha bo‘linmalarda davlat tilida ish yuritish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Kombinat portalida davlat tilini o‘rganuvchilar va davlat tilida ish yurituvchilarga amaliy yordam sifatida o‘zbekcha-ruscha va ruscha-o‘zbekcha onlayn tarjimon dasturlari, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi hamda “Davlat tilida ish yuritish” nomli amaliy qo‘llanmaning elektron nusxasi joylashtirildi. Kombinatning www.ngmk.uz va www.pressangmk.uz saytlari lotin alifbosida yuritilmoqda. Xodimlar davlat tilini o‘rganishlari uchun korxona portalining elektron kutubxonasida (www.kitob.ngmk.uz) o‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha zarur adabiyotlar mavjud.

Kombinat xodimlarining davlat tilida ish yuritish bo‘yicha malakalarni oshirish maqsadida Navoiy davlat pedagogika instituti huzuridagi davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda. Joriy yilning sentyabr-oktyabr oyida kombinatning kadrlar bo‘limi, devonxona, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash bo‘limlarida faoliyat ko‘rsatayotgan 20 nafar ishchi-xodimlari o‘quv kurslarida lotin alifbosiga asoslangan o‘zbek tilining imloviy qoidalari, davlat tilida ish yuritish bo‘yicha nazariy, amaliy ko‘nikmalarini oshirib barchasi imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirishdi hamda tegishli sertifikatlarga ega bo‘lishdi.

9 ноября

6 noyabr kuni “Farhod” madaniyat saroyidagi “NKMK tarixi” muzeyida mazkur o‘quv kursini tugallagan xodimlarga sertifikat topshirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda malaka oshirish markazi rahbari Husniddin Suyunov kombinat xodimlarining ushbu o‘quv kurslarida olgan bilimlari ularning davlat tilida ish yuritish, lotin alifbosidagi o‘zbek tilida imloviy xatolarsiz yozish malakasining oshishi, qonun talabi yuzasidan ijro intizomi va masʼullik hissining kuchayishiga xizmat qilishini aytib o‘tdi. Shuningdek, ishlab chiqarish bilan bog‘liq atamalarning o‘zbekcha muqobilini yaratish, har bir xodimda davlat tiliga hurmat tuyg‘usining yana-da ortishiga zamin yaratilishi zarurligini taʼkidladi.

Tadbir so‘ngida o‘quv kursini muvaffaqiyatli tugallagan 10 nafar xodimlarga sertifikatlar topshirildi va kitoblar sovg‘a qilindi.

X.RAUPOV,

NKMK bosh direktorining maslahatchisi.

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 4524

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 4487

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 3074

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 2850

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 2283



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish