Yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi

Batafsil: Yaratildi: 06.11.2020 15:12 Tahrirlandi: 06.11.2020 15:17 Ko'rishlar soni: 410

Oldin xabar berilganidek, aholining investitsiya va jamg‘arish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, qimmatbaho metallar muomalasini rivojlantirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan o‘lchovli oltin quymalar tijorat banklari orqali sotuvga chiqarildi. Shunday o‘lchovli quymalar Navoiy kon-metallurgiya kombinatida ishlab chiqarilmoqda.

6 ноября

Mamlakatimiz Prezidentining 2018 yil 7 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida qimmatbaho metallardan o‘lchovli quymalar ishlab chiqarishni tashkil etish hamda qimmatbaho metallar bozori faoliyatini tartibga solish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, NKMK tomonidan oltin va kumushdan o‘lchovli quymalar ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy yuqori texnologik majmuani qurishga qaratilgan, umumiy qiymati 31 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan investitsiya loyihasi amalga oshirildi.

- Investitsiya loyihasi doirasida 2-Gidrometallurgiya zavodining tayyor mahsulot sexi negizida o‘lchovli quymalar ishlab chiqarish uchastkasi barpo etildi. Qurilishi Zarafshon qurilish boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan mazkur majmuaga Italiyada ishlab chiqarilgan zamonaviy texnologik asbob-uskunalar o‘rnatildi. Uning ishga tushirilishi 30 dan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratish imkonini berdi. Joriy yilning oktyabr oyida o‘lchovli oltin quymalarning birinchi partiyasi ishlab chiqarildi, - deydi 2-GMZ tayyor mahsulot sexi boshlig‘i A.Subbotin.

Markaziy bank xabarida keltirilishicha, og‘irligi 5, 10, 20 va 50 gramm bo‘lgan, 999,9 soflikdagi oltindan tayyorlangan quymalar maxsus himoya qadoqlarida sotuv uchun taqdim etildi. Ushbu qadoq sertifikat vazifasini bajaradi va o‘z seriya raqamiga ega. Oltin quymalarni sotish va qaytarib sotib olish narxlari oltinning jahon bozoridagi narxi asosida shakllanadi. Qadog‘i buzilgan oltin quymalarni qaytarib sotib olish tegishli texnik ekpertizadan so‘ng amalga oshiriladi.

NKMK Matbuot markazi.

NKMKning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Facebook: www.fb.com/ngmkofficial
Telegram: t.me/ngmkofficial
Instagram: instagram.com/ngmk.official

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 4524

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 4487

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 3074

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 2850

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 2283



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish