Qayta tiklanadigan quvvat manbalaridan foydalanish samarasi

Batafsil: Yaratildi: 05.11.2020 14:25 Tahrirlandi: 05.11.2020 14:30 Ko'rishlar soni: 325

Navoiy kon-metallurgiya kombinatida ishlab chiqarish jarayonlarida energiya sarfini kamaytirish maqsadida zamonaviy energiyatejamkor texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha samarali chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Kombinat bo‘linmalarida qayta tiklanadigan quvvat manbalaridan olinadigan elektr energiyasi hajmi yildan-yilga ortib bormoqda.

Quyosh, issiqlik va biomassa kabi quvvat manbalaridan foydalanadigan qayta tiklanadigan energetika texnologiyalari kombinat uchun muhim ahamiyatga ega. Ular kombinat bo‘linmalarida amaldagi energiya manbalariga qo‘shimcha quvvat ishlab chiqarishni taʼminlaydi.

Mamlakatimiz qatta hajmda quyosh energiyasiga ega ekanligini inobatga olib, 2001 yildan buyon kombinatda quyosh nurlarini issiqlik quvvatiga aylantiradigan gelio qurilmalar orqali turli obyektlarni issiq suv bilan taʼminlashga qaratilgan loyihalar amalga oshirilmoqda. Hozirgi vaqtda kombinat bo‘linmalarida yillik quvvati 2 985 gigakaloriya (gigakaloriya – issiqlik quvvatini o‘lchash birligi) bo‘lgan 2 442 ta gelio qurilmalardan foydalanilmoqda. 2020 yil oxirigacha ularning soni 2 662 taga yetishi, umumiy quvvati esa 3 285 gigakaloriyani tashkil qilishi rejalashtirilgan. Eʼtiborlisi shundaki, kombinatning gelio qurilmalarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida 2018 yilda NKMK Nazorat-o‘lchov va avtomatika markaziy laboratoriyasida ularni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

5 ноября

2015 yildan boshlab kombinatda fotoelektr stansiyalari joriy etila boshladi. Jumladan, 2018-2019 yillarda “Do‘stlik” agrofirmasining Tomdi tumanida joylashgan mayda shoxli mollar fermasida umumiy quvvati 6 kilovatt bo‘lgan uchta fotoelektr stansiyasi o‘rnatildi. Ular ishga tushirilgandan buyon 13,4 ming kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Yirik investitsiya loyihalari doirasida barpo etilayotgan ishlab chiqarish quvvatlarini elektr energiyasi bilan taʼminlaydigan podstansiyalarning ehtiyojlarini qondirish uchun kombinatda 2026 yilgacha umumiy quvvati 200 kilovatt bo‘lgan bir nechta fotoelektr stansiyalarini qurish rejalashtirilgan.

5 ноября2

Muqobil quvvat manbalaridan foydalanishning yana bir amaliy namunasi bu “Do‘stlik” agrofirmasida 2013 yildan buyon samarali foydalanilayotgan biogaz qurilmalaridir. Ushbu qurilmalar yirik shoxli mollar go‘ngi va parranda axlatini qayta ishlab biogaz olish texnologiyasiga asoslangan. Kombinat mutaxassislari tomonidan loyihalashtirilib, qurilgan ikkita qurilma kuniga 200 va 400 kub metr biogaz ishlab chiqarish quvvatiga ega. Qurilmalarda ishlab chiqarilgan biogaz agrofirmaning ishlab chiqarish sexlarini issiq suv bilan taʼminlash uchun ishlatiladi. Hozirgacha qurilmalarda 1 million kub metrdan ortiqroq biogaz ishlab chiqarildi. Bugungi kunda olinayotgan biogaz sifatini yaxshilash va uning tannarxini pasaytirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Ikkilamchi resurslardan foydalangan holda elektr energiyasi ishlab chiqarish va mahsulot tannarxini arzonlashtirish maqsadida Shimoliy kon boshqarmasining sulfat kislotasi ishlab chiqarish sexida 2016 yil iyun oyida issiqlik qozonidan chiqadigan bug‘ yordamida ishlaydigan, 6 megavatt quvvatga ega bug‘ turbinasi ishga tushirildi. Qurilma sexning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini 80 foizgacha taʼminlayapti. Hozirga qadar bug‘ turbinasida 163 million kilovatt-soat arzon elektr energiyasi ishlab chiqarildi.

Kombinat faoliyatida qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish bo‘yicha olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar korxonaning iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qiladi.

NKMK Matbuot markazi.

NKMKning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Facebook: www.fb.com/ngmkofficial
Telegram: t.me/ngmkofficial
Instagram: instagram.com/ngmk.official

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 4524

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 4487

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 3075

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 2850

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 2283



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish