Kombinat bo‘linmalari uchun sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari

Batafsil: Yaratildi: 03.11.2020 08:34 Tahrirlandi: 03.11.2020 10:13 Ko'rishlar soni: 307

“Do‘stlik” agrofirmasi Navoiy kon-metallurgiya kombinatining qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish va uni qayta ishlab, korxona bo‘linmalari hamda ishchi-xodimlarining ekologik jihatdan toza shunday oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirib kelayotgan bo‘linmasidir.

3 ноября

Dunyoda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash masalasi eng dolzarb vazifalardan biri bo‘lib turgan bugungi kunda agrofirmaning Karmana, Nurota, Qo‘shrabot, Taxiatosh, Termiz, Tomdi tumanlarida joylashgan uchastkalarida mehnat qilayotgan 750 nafar mutaxassis va turli kasb egalari bu masʼuliyatni chuqur anglagan holda el-yurt maʼmurchiligi yo‘lida fidokorona mehnat qilib kelayapti. Agrofirmada joriy yilning 9 oyida 56 milliard so‘mlik mahsulot, jumladan 1 ming 300 tonna sut, tirik vaznda 121 tonna mol, 32 tonna qo‘y, 461 tonna parranda go‘shti, 8 million dona tuxum, 950 tonna sut va 350 tonna konserva mahsulotlari, 170 tonna ichimlik suvi, 786 tonna don mahsulotlari, 536 tonna meva, 191 tonna sabzavot kombinat bo‘linmalari va aholiga yetkazib berildi.

“Do‘stlik” agrofirmasida bundan o‘n yil ilgari gidroponik usulda vitaminli ko‘k maysa yetishtirish uslubi, qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasida biogaz va gelio uskunalar, suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha tomchilab sug‘orish tizimlari joriy etilganligini taʼkidlash lozim.

Yirik shoxli mollar majmuasida 1100 bosh naslli qoramol parvarishlanib, bundan 330 boshi asosiy sog‘in sigirlar, 510 boshi o‘stiruvdagi yosh naslli va 260 boshi boquvdagi mollardir. Majmuada kuniga sigirlardan o‘rtacha 5 ming litr sut sog‘ib olinmoqda. Yil boshidan buyon 325 bosh buzoq olindi. Jamoaning chorva mollari mahsuldorligini oshirish va buzoq olish davriyligini qisqartirish bo‘yicha eng ilg‘or parvarishlash texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha zarur shart-sharoitlarni yaratish borasidagi ishlari diqqatga sazovordir.

Shuningdek, agrofirmada 0,48 gektar maydonda qurilishi tugallanmagan issiqxona ishga tushirilib, 10 ish o‘rni yaratildi va birinchi mavsumdayoq 110 tonna bodring, pomidor, ko‘kat singari sabzavot mahsulotlari yig‘ishtirib olindi. Issiqxona 0,7 gektargacha kengaytirilib, agrofirma muhandis va xodimlar tomonidan resurs tejovchi avtomatik boshqariladigan isitish va havo almashtirish hamda tomchilab sug‘orish tizimi barpo etilmoqda. Bo‘sh yotgan ochiq maydonlarda kichik issiqxonalar tashkil etilib, ayni paytda 40 mingta igna bargli, yuz mingta dekorativ, ko‘plab gul ko‘chatlari, ko‘katlar o‘stirilmoqda.

Karmana, Termez va Taxiatosh tumanlaridagi parrandachilik fermalarda 50 ming bosh tuxum yo‘nalishidagi tovuq parvarishlanmoqda. Hozirgacha 174 ming bosh broyler jo‘jalar o‘stirilib, go‘shtga topshirildi. Ayni paytda 20 ming bosh broyler jo‘ja o‘stirilmoqda.

Davr talabidan kelib chiqib, agrofirmada yangi ishlab chiqarish uchastkalari ishga tushirilib, mahsulot hajmining yildan-yilga oshirilishiga erishilmoqda. So‘nggi besh yilda Nurota tumani hududida yuz gektar maydonda intensiv bog‘, Termizda va Taxiatoshda parrandachilik fabrikalari, Tomdi tumanida mayda shoxli mollar fermasi, Qo‘shrabot tumanida 170 gektar maydonda intensiv uzumzor va 50 gektar maydonda yong‘oqzor, 300 bosh qoramolga mo‘ljallangan bo‘rdoqichilik fermasi barpo qilindi.

Agrofirmaning barcha uchastkalarida qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari yuksak uyushqoqlik bilan tashkil etilayapti.

NKMK Matbuot markazi.

NKMKning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Facebook: www.fb.com/ngmkofficial
Telegram: t.me/ngmkofficial
Instagram: instagram.com/ngmk.official

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 4524

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 4487

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 3074

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 2850

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 2283



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish