Kon-metallurgiya sohasida boy tajribaga ega ilmiy muassasa

Batafsil: Yaratildi: 27.10.2020 10:52 Tahrirlandi: 27.10.2020 13:20 Ko'rishlar soni: 388

Kon-metallurgiya sanoati ko‘p tarmoqli va murakkab jarayonlarni qamrab olgan. Foydali qazilmalarni izlab topish, ularning zaxiralarini hisoblash, qayta ishlash texnologiyalarini tanlash, tayyor mahsulotlarning o‘rnatilgan meʼyorlarga mosligi va hokazo ilmiy-tadqiqot jarayonlari majmuasi kon-metallurgiya sanoatining eng muhim vazifalaridan hisoblanadi.

Sanoat va ilm-fan shiddat bilan rivojlanayotgan hozirgi kunda dunyo hamjamiyati bilan birga qadam tashlash har qanday zamonaviy va ilg‘or texnologiyalarga asoslangan sanoat korxonasining muhim vazifasi xisoblanadi. Navoiy kon-metallurgiya kombinati O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida salmoqli ulushga ega. Kombinatda ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotlar dunyo standartlariga to‘la javob beradi va dunyoning ko‘plab nufuzli kompaniyalari eʼtirofiga sazovor bo‘lgan. Bunda ilm-fan yutuqlarining ishlab chiqarishga bevosita tadbiq qilingani alohida ahamiyatga ega.

27 октября

Kombinat tarkibida qariyb 60 yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi kon-metallurgiya sohasida boy tajribaga ega ilmiy muassasadir. Markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi o‘z tarkibida texnologik, geotexnologik, geologik va atrof-muhit muhofazasi va radiatsion-dozimetrik laboratoriyalarni birlashtirgan. Mazkur ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi oltin va uran ajratib olish buyicha dunyoda qo‘llanilayotgan eng ilg‘or texnologiyalarni o‘zlashtirish bilan birgalikda bu texnologiyalarni reglament asosida amalga oshirilayotganligini monitoring qilib boradi. Zarur o‘rinlarda texnologiyalarni takomillashtiradi va ularning eng samarali tomonlarini ilmiy-tadqiq qiladi. Kombinatda olib borilayotgan barcha texnologik jarayonlar analitik usullar bilan monitoring qilib boriladi. Texnologik jarayonlarni monitoring qilish bo‘yicha mavjud analitik metodlarning ko‘pchiligi bu laboratoriyada olib boriladi.

Markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi tarkibidagi analitik laboratoriya va atrof-muhit muhofazasi va radiatsion-dozimetrik nazorat laboratoriyasi O‘zbekiston Respublikasi “O‘zstandart” agentligida akkreditatsiyadan o‘tgan va Xalqaro standartlash tashkiloti (ISO)ning texnik kompetentlik sertifikatiga ega. Bu laboratoriyalar akkreditatsiya sohasiga Navoiy kon-metallurgiya kombinati mahsulotlari tahlili butunlay qamrab olingan bo‘lib, 100 dan ortiq fizik-kimyoviy kattaliklar va kimyoviy elementlar aniqlanadi. Laboratoriyalarda olib borilayotgan o‘lchashlar “O‘zstandart” agentligining reyestriga kiritilgan “O‘lchash usullari” meyoʼriy hujjatlari asosida amalga oshiriladi.

Markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi kombinat tizimidagi laboratoriyalarga uslubiy jihatdan yordam bermoqda. Bo‘linmalardagi laboratoriyalarni zamonaviy metodikalar bilan taʼminlashdan tashqari bu ilmiy muassasalarning mutaxassislarini qayta tayyorlash va tajribasini oshirishga ham amaliy yordam ko‘rsatmoqda.

Muassasa mutaxassislarining aksariyati Navoiy davlat konchilik institutining bakalavr va magistr darajasigi ega bitiruvchilari hisoblanishadi. Ko‘pchilik yoshlar ilmiy-tadqiqot ishiga qobiliyatli. Bu yerda amaliy tajriba oshirgan iqtidorli yoshlar o‘z ilmiy ishlarini bajarishlari uchun respublikamizning nufuzli oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot markazlariga yo‘naltiriladi. 

Fan va ishlab-chiqarish integratsiyasi bugungi kunning qatʼiy talabi hisoblanadi. Markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi jamoasi faoliyati ana shu maqsadni ro‘yobga chiqarishga yo‘naltirilmoqda.

NKMK Matbuot markazi.

NKMKning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Facebook: www.fb.com/ngmkofficial
Telegram: t.me/ngmkofficial
Instagram: instagram.com/ngmk.official

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 4524

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 4487

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 3074

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 2850

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 2283



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish