Mahsulot yirik kimyo-energetika korxonalariga yetkazilayapti

Batafsil: Yaratildi: 22.10.2020 11:07 Tahrirlandi: 22.10.2020 13:51 Ko'rishlar soni: 460

Bugungi kunda Navoiy kon-metallurgiya kombinati Shimoliy kon boshqarmasining sulfat kislotasi ishlab chiqarish sexida ishlab chiqarilayotgan mahsulot kombinat uran geotexnologik konlarining sulfat kislotasiga bo‘lgan ehtiyojini taʼminlash bilan birga, mamlakatimizning “Navoiyazot”, “Navoiy IES” AJ kabi yirik kimyo-energetika korxonalariga yetkazib berilayapti.

Keyingi yillarda sexda muntazam ravishda modernizatsiya, ishlab chiqarish quvvatini oshirish, yangi texnologiyalarni jalb qilish ishlari olib borilyapti. Korxonada mahalliylashtirish dasturi doirasida qator loyihalar ro‘yobga chiqarilayapti. Jumladan, 2017 yildan xorij nasoslari uchun ehtiyot qismlar Navoiy mashinasozlik zavodida tayyorlana boshlandi. Shimoliy kon boshqarmasi taʼmirlash-mexanika sexida ishlab chiqarilgan zamonaviy sovutgichlar ishga tushirilgandan so‘ng xorijning plastinkali issiqlik almashinuvchilari uchun ehtiyot qismlarga bo‘lgan ehtiyoj keskin kamaydi. Pirovardida yiliga qariyb 335 million so‘m mablag‘ iqtisod qilinmoqda. Hozirgi vaqtda sexning nazorat-o‘lchov asboblari va avtomatika, texnik jarayonni avtomatik boshqarish tizimlari modernizatsiya qilindi. Suyuq oltingugurtni qozonxonaga va u yerdan suyuq oltingugurt omboriga quyish uchun ikkitadan, jami to‘rtta zamonaviy nasoslar o‘rnatildi.

Sexda yiliga 500 ming tonna sulfat kislotasi ishlab chiqarilmoqda. Shuningdek, korxonada akkumulyator kislotasi ishlab chiqarish ham o‘zlashtirilib, kombinat bo‘linmalarining ushbu mahsulotga bo‘lgan ehtiyoji to‘liq qondirilmoqda.  

22 октября_1

Ikkilamchi resurslardan foydalangan holda elektr energiyasini ishlab chiqarish va mahsulot tannarxini pasaytirish maqsadida 2016 yil iyun oyida issiqlik qozonidan chiqadigan ortiqcha bug‘ yordamida ishlaydigan, 6 megavatt quvvatga ega byg‘ turbinasi qurilmasi ishga tushirildi. Qurilma sulfat kislotasi ishlab chiqarish sexining elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini 85 foizgacha taʼminlayapti. Hozirga qadar bug‘ turbinasida 1 milliard 160 million kilovatt elektr energiya ishlab chiqarildi.   

Sexda kombinatning Markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqarish chiqindilaridan qimmatli elementlarni kompleks qayta tiklash dasturi doirasida laboratoriya sharoitida ishlatilgan vanadiy katalizatoridan vanadiy pentoksidini olish texnologiyasi samarali sinovdan o‘tkazildi. 2017 yildan buyon 1,5 tonna vanadiy pentoksidi ishlab chiqarildi. Mahsulot Navoiy mashinasozlik zavodiga yuborilmoqda.

Kelgusida sexda sulfat kislota ishlab chiqarish quvvatini yiliga 650 ming tonnaga, bug‘ yordamida ishlaydigan turbina quvvatini esa 10 megavatt elektr energiyasiga yetkazish mo‘ljallanmoqda. Bug‘ turbinasi quvvatini oshirish evaziga sexning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoji to‘liq qoplanishidan tashqari boshqa korxonalarga ham yetkazib berish imkoniyati yaratiladi.

NKMK Matbuot markazi.

NKMKning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Facebook: www.fb.com/ngmkofficial
Telegram: t.me/ngmkofficial
Instagram: instagram.com/ngmk.official

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 4524

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 4487

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 3074

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 2850

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 2283



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish