Avtoag‘dargichlar haydovchilari uchun yangi imkoniyatlar

Batafsil: Yaratildi: 19.10.2020 13:54 Tahrirlandi: 19.10.2020 14:31 Ko'rishlar soni: 569

Kombinatning “Sharqiy” va “Dovg‘istov” konlarida tog‘ jinslarini tashiydigan avtoag‘dargichlar haydovchilarining mahorat va bilimini oshirish maqsadida Shimoliy kon boshqarmasi Avtomobil transporti boshqarmasi o‘quv markazida “Komatsu” avtoag‘dargichini haydash simulyatori foydalanishga topshirildi.

19октября2

Bugungi kunda kon boshqarmasining mazkur bo‘linmasida 100 dan ortiq og‘ir yuk ko‘taruvchi avtoag‘dargichlar mavjud bo‘lib, ular konlardan qazib chiqarilayotgan maʼdan va tog‘ jinslarini tashishga jalb qilingan. Kombinat rahbariyatining bevosita ko‘magida transport boshqarmasining parki zamonaviy avtotransport vositalari bilan yildan-yilga kengayib borayapti. Joriy yilda boshqarmaga 90 tonna yuk ko‘tarish quvvatiga ega 6 ta “Caterpillar” va 26 ta “Komatsu” rusumli avtoag‘dargichlar keltirildi.

“Komatsu” texnikalarini ishlatish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish maqsadida bir necha oy oldin xorijiy kompaniyaning O‘zbekistondagi rasmiy vakili – “IKO Machinery” MChJ XK tomonidan Avtomobil transporti boshqarmasida o‘quv markazi tashkil etildi. Korxona mutaxassislari yaqinda ushbu markazda “Immersive Technologies” firmasi tomonidan tayyorlangan “Komatsu” avtoag‘dargichini haydash simulyatorini o‘rnatishdi. Mazkur simulyatorda olib boriladigan o‘quv mashg‘ulotlarida haydovchilar amaliy tajribalarini oshirish bilan birga zamonaviy konchilik texnikasining imkoniyatlarini ham o‘zlashtirmoqdalar.

Simulyatorda “Komatsu” avtoag‘dargich kabinasi mavjud. Haydovchi kabinaga o‘tirib, mashg‘ulotlarni xavfsizlik kamarini taqishdan boshlaydi. Agar xavfsizlik kamari taqilmasa, simulyator ishlamaydi. Mashg‘ulotlarda haydovchilar avtoag‘dargichni kunduzi yoki kechasi, yilning turli fasllaridagi har xil ob-havo sharoitlarida boshqarish yuzasidan mahoratlarini oshirishadi.

NKMK Matbuot markazi.

NKMKning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Facebook: www.fb.com/ngmkofficial
Telegram: t.me/ngmkofficial
Instagram: instagram.com/ngmk.official

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 4524

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 4487

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 3074

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 2850

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 2283



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish