Zarafshonda til bayrami tadbirlari

Batafsil: Yaratildi: 16.10.2020 10:47 Tahrirlandi: 16.10.2020 10:47 Ko'rishlar soni: 151

Mamlakatimizda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun – 21 oktabr sanasi “O‘zbek tili bayrami kuni” deb eʼlon qilinganligi hamda maʼrifatparvar Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 145 yilligi munosabati bilan Navoiy kon-metallurgiya kombinatining Markaziy kon boshqarmasi bo‘linmalarida “Qadring baland bo‘lsin ona tilim! va “Behbudiy – jadid adabiyotining asoschisi” mavzularida davra suhbatlari tashkil etilmoqda.

16 октября9

Ana shunday davra suhbati Zarafshon shahrida 3-Birlashgan kasaba uyushmasiga qarashli kutubxonada o‘tkazildi. Tadbirda kon boshqarmasi bo‘linmalarida mehnat qilayotgan turli millat vakillari ishtirok etishdi.   

Markaziy kon boshqarmasi kadrlar bo‘limi boshlig‘ining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari G‘.Yuldoshev o‘zbek tili tom maʼnoda davlat tiliga aylanib, xalqimizni, ahil-inoq yashayotgan yuzdan ortiq millat va elat vakillarini o‘zaro bog‘laydigan, birlashtiradigan do‘stlik va mehr-oqibat rishtasiga aylanganini taʼkidlab o‘tdi. Kon boshqarmasi yoshlari yetakchisi S.Boboyorova ulug‘ maʼrifatparvar bobomiz Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Padarkush” yoxud “O‘qimagan bola” asarining bugungi kun yoshlari tarbiyasidagi ahamiyati haqida fikrlarini bildirdi.

Davra suhbatida kon boshqarmasi texnik nazorat bo‘limi nazoratchisi, qozoq qizi Guljanat Kulatova xalq shoiri E.Vohidovning “O‘zbek tilim o‘lmaydi” sheʼrini, “Oltin vodiy” madaniyat uyi xodimlari, tatar millati vakillari Aida Mostova va Sinora Muzaffarovalar Vatan haqida sheʼrlar o‘qishdi. Kutubxona mutaxassisi, tojik millati vakili Parvina Sobirova har bir millat tilining jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida gapirdi.

Tadbirda xalq shoirlari E.Vohidov, A.Oripov, T.Sodiqova, Sh.Loyiq, R.Xamzatovning til haqidagi sheʼrlari o‘qildi.

Markaziy kon boshqarmasi axborot xizmati.

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 4365

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 4321

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 3016

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 2793

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 2231



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish