Behbudiy – til jonkuyari

Batafsil: Yaratildi: 15.10.2020 09:44 Tahrirlandi: 15.10.2020 14:47 Ko'rishlar soni: 350

Joriy yilning 14 oktabr kuni “1-GMZ” kon boshqarmasida maʼrifatparvar Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 145 yilligi munosabati bilan “Behbudiy va barhayot g‘oyalar” mavzusida  maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.

15 октября

Tadbirda Navoiy davlat pedagogika instituti professorlari A.Xolmurodov, A.Allaberdiyev yig‘ilganlarga jadidchilik harakatining yirik namoyandasi Mahmudxo‘ja Behbudiyning hayot yo‘li, ilmiy-ijodiy merosini o‘rganish borasida olib borilayotgan ishlar haqida gapirib berdilar. Notiqlarning chiqishlarida Behbudiy tashabbusi bilan tashkil etilgan “Samarqand” gazetasi, “Oyna” jurnali, yaratilgan darsliklar, noyob ilmiy va badiiy asarlar haqida so‘z bordi.

- Maʼrifatparvar bobomiz maʼnaviy merosini o‘rganish va nomini ulug‘lash borasida keyingi paytda amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan, maʼrifatparvar bobomizning Samarqandda uy muzeyi ochilgani, “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlanganligi, ona tilimizni asrash borasidagi chaqiriqlaridan xabardor bo‘ldim. Shunday yurtparvar ajdodlarimiz bilan har qancha faxrlansa arziydi, - deydi “1-gidrometallurgiya zavodi” kon boshqarmasi ishchisi F.Norova.

Kombinat bo‘linmalarda Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 145 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar pandemiya qoidalariga amal qilingan holda o‘tkazilayapti.

Maʼnaviyat va maʼrifat markazi.

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 7157

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 6668

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 3892

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 3709

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 3060



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish