Kombinat bo‘linmalarida “O‘zbek tili bayrami kuni”ga bag‘ishlangan tadbirlar

Batafsil: Yaratildi: 14.10.2020 13:34 Tahrirlandi: 14.10.2020 13:34 Ko'rishlar soni: 218

“Tilimizning sofligi uchun, boyishi uchun jon kuydirsak,

farzandlik burchimizni ado etgan bo‘lamiz”.

Ch.AYTMATOV.

 

Mamlakatimizda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun – 21 oktabr sanasi “O‘zbek tili bayrami kuni” deb eʼlon qilinganligi munosabati bilan Navoiy kon-metallurgiya kombinatining Markaziy kon boshqarmasiga qarashli Uy-joy kommunal boshqarmasida “Taqdirimsan, tariximsan, kelajagimsan, ona tilim!” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

14 октября

Tadbirda kon boshqarmasi kadrlar bo‘limi boshlig‘ining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari G‘.Yuldoshev, kon boshqarmasi yoshlari yetakchisi S.Boboyorova, Uy-joy kommunal boshqarmasining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha masʼul xodimi S.Temirov so‘zga chiqib, ajdodlarimizdan meros ona tilimizni ko‘z qorachig‘imizdek asrashga, sofligini saqlashga, uni doimiy ravishda boyitib borishga masʼul ekanligimizni, har birimiz o‘zbek tilini egasi sifatida o‘z ona tilimiz oldida xaqdor ekanligimizni taʼkidlab o‘tishdi.

Shuningdek, tadbirda muallim, noshir, dramaturg, jurnalist, siyosiy arbob Mahmudho‘ja Behbudiyning o‘zbek tili rivoji uchun qo‘shgan munosib hissasi va uning til sofligi masalasidagi fikrlari izohlab berildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarning davlat tilida ish yuritish borasidagi savollariga javoblar berildi.

 

* * * * *

 

Insoniyat tarixida tilga doimo katta eʼtibor berib kelingan. XX-asr oxirida tilga ijtimoiy hodisa sifatida qarash g‘oyasi keng yoyildi. Bu bejiz emas. Chunki jahondagi ko‘pgina mamlakatlar o‘z mustaqilligiga erishib, milliy davlat tili yoki rasmiy til maqomiga ega bo‘lmoqda.

14 октября2

Kombinatning “Muruntov” konida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilingani va o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 31 yilligi munosabati bilan “Ona tilim – ona xalqim g‘ururi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda “Muruntov” koni kasaba uyushmasi raisi A.Normirzayev so‘zga chiqib, ishchi-xodimlarga yurtimiz taraqqiyotining bugungi yangi bosqichi – milliy yuksalish davri talablaridan kelib chiqib, ona tilimizning jamiyatdagi o‘rnini va nufuzini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganligini, shuningdek, o‘zbek tilimiz xalqaro miqiyosda keng va faol muloqot vositasiga aylanib, uning xorijiy davlatlar rahbarlari bilan olib borilayotgan muzokara hamda uchrashuvlarda, yuksak darajadagi rasmiy tadbirlarda qo‘llanilayotgani barchamizda quvonch hissini uyg‘otayotganligini faxr bilan aytib o‘tdi.

O‘zbek tili – ona tilimizga bosh qomusimizda davlat tili maqomi berilganligi shu elning fuqarosi sifatida har birimizga milliy g‘urur va iftixor baxsh etadi.

Tadbirda til to‘g‘risida sheʼrlar o‘qildi.

Markaziy kon boshqarmasi axborot xizmati.

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 4365

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 4321

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 3016

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 2793

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 2231



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish