Kombinat yoshlari uchun ishlab chiqarish ekskursiyasi tashkil etildi

Batafsil: Yaratildi: 12.10.2020 16:25 Tahrirlandi: 12.10.2020 17:09 Ko'rishlar soni: 390

Kombinat yosh mutaxassislarini Navoiy kon-metallurgiya kombinatida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari hamda korxonaning amaldagi yirik ishlab chiqarish quvvatlari bilan tanishtirish maqsadida NKMK kasaba uyushmalari Kengashi hamda yoshlar yetakchilari Kengashi tashabbusi bilan joriy yilning 10 oktabr kuni Markaziy kon boshqarmasiga ishlab chiqarish ekskursiya tashkil etildi.

12 октября2

Ekskursiyada Navoiy mashinasozlik zavodi, “1-GMZ” kon boshqarmasi va kombinatning Navoiy shahri sanoat maydonida joylashgan bo‘linmalarida mehnat qilayotgan 40 nafar yosh ishchi-xodim ishtirok etdi. Dastlabki manzil “Auminzo-Amantoy” koni bo‘ldi. Bu yerda yoshlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan 2017 yil mart oyida yangi zavod qurilishi poydevoriga qo‘yilgan tamal toshini ko‘rishdi. Shundan so‘ng, 5-gidrometallurgiya zavodining qurilish maydoni hamda vaxta usulida ishlovchi ishchi-xodimlar uchun barpo etilgan Ishchilar shaharchasida bo‘lishdi.

12 октября3

Ekskursiyachilar Zarafshon shahridagi “Qizilqum sahrosini o‘zlashtirish tarixi” muzeyida bo‘lib, Zarafshon shahri va sanoat hududi ishlab chiqarish obyektlarining barpo etilishi tarixi, Qizilqum sahrosida topilgan noyob arxeologik qazilmalar va minerallar hamda madaniy boyliklar namunalari bilan yaqindan tanishishdi.

12 октября4

Kunning ikkinchi yarmida kombinatning eng yirik ishlab chiqarish korxonasi – 2-gidrometallurgiya zavodida joriy yilda ishga tushirilgangan 29, 30-tegirmon bloklarning ish jarayoni, shuningdek, “Muruntog‘” oltin konida olib borilayotgan ishlar bilan tanishish yoshlarda katta taassurot uyg‘otdi.  

12 октября5

Safarimizning so‘nggi manzili 7-gidrometallurgiya zavodi bo‘ldi. Bu yerda korxonaning yosh direktori Farhod Cho‘liyev tengdoshlarining zavod faoliyatiga oid savollariga atroflicha javob berdi.

Ishtirokchilar ekskursiya davomida ulkan kombinat va uning fidoyi insonlari haqidagi tasavvurlari boyiganligini taʼkidlab, NKMK maʼmuriyati, kasaba uyushmalari Kengashi va Markaziy kon boshqarmasi rahbariyatiga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.

Sanjar RAJABOV,

NKMK yoshlari yetakchilari Kengashi raisi.

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 4365

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 4321

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 3016

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 2793

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 2231



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish