Til borki – el bor

Batafsil: Yaratildi: 12.10.2020 14:01 Tahrirlandi: 12.10.2020 14:16 Ko'rishlar soni: 207

Yaqinda internet sahifalaridagi bir xabar eʼtiborimni tortdi. Mazkur xabar “Yo‘qolish arafasida turgan dunyo tillarining atlasi” deb nomlangan xabarni YUNESKO eʼlon qilgan bo‘lib, unda keltirilishicha, Yevropadagi 50 ta, Tinch okeani hududida 2000 ta, Afrika qitʼasida 250 ta til yo‘qolib ketish arafasida turgan ekan. Bu boradagi qiziqishim oshib yangi maʼlumotlarni qidirishga tushdim.

12 октября

YUNESKOning 2005 yilda tuzgan ruyxatiga  ko‘ra dunyoda 6 912ta til  mavjud. Bu tillardan 32,8 foizi (2 269tasi) Osiyo va 30,3 foizi (2 092tasi) Afrika qitʼasiga to‘g‘ri kelarkan.

Maʼlumki, til har bir  millat yoki elatning maʼnaviy boyligidir. Bu orqali kattayu kichik millat va elatlar dunyo sahnasida o‘zini, o‘zligini, maʼnaviy qiyofasini namoyon etadi. Til nafaqat muomala vositasi, balki har bir xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi va tarixi hamdir.

Achinarli tomoni shundaki, YUNESKO maʼlumotlariga qaraganda mavjud 7 mingga yaqin tilning yarmi XXI asrda “yo‘qolib” ketishi faraz qilinmoqda. Olimlarning tadqiqotlariga ko‘ra, asr oxiriga kelib mavjud tillarning 95 foizi o‘lik tilga aylanishi mumkin ekan.  Har oyda dunyo miqyosida ikkitadan til o‘layotgani  albatta  dahshatli hodisa!

YUNESKOning 2017 yil 15 iyunda tarqatgan xabariga ko‘ra, yo‘qolish arafasida turgan 2,5 ming tildan 15tasi Markaziy Osiyo hududiga to‘g‘ri kelarkan. Ularga, O‘zbekistondagi Markaziy Osiyo arablari tili, Buxoro-Samarqand yahudiylari tili, Markaziy Osiyo lo‘lilari (paryo) tilini misol tariqasida keltirish mumkin. Qolgan tillarning 2tasi Qozog‘iston va Qirg‘izistonda (dungan va oyrot tillari), bittasi Turkmanistonda - truxman tili, 9tasi Tojikistonda bo‘lib, ular voxon, ishkomish, sanglich, roshorv, shug‘on, bartang, rushon, yazg‘ulob, yag‘nob tillaridir.

Shunisi yana qiziqki, bir paytlar “o‘lik” tilga aylangan ivrit tili  dunyo yahudiylarining saʼy-harakatlari bilan qayta jonlantirildi – muloqot vositasi tusini oldi. Bu jarayonda fidoyi til jonkuyarlari va mutaxassislari jonbozlik ko‘rsatishib, uni “tiriltirdi”lar. Bugungi kunda ivrit tilida 9 million kishi so‘zlashadi. Buni chinakam maʼnaviy jasorat va qahramonlik, o‘z tiliga bo‘lgan muhabbat va fidoyilik desa bo‘ladi. Negaki, aynan til tufayli insoniyat biror millatga mansubligidan faxrlanib yashaydi. Shu sababli har bir milat  o‘z tilini saqlab qolishga intiladi.

Maʼlumotlarga ko‘ra, hozirgi kunda dunyodagi mavjud tillarning teng yarmi sakkiz mamlakat – Hindiston Xitoy, Rossiya, Meksika, Indoneziya, Kamerun, Braziliya, AQSHga to‘g‘ri keladi. Eng ko‘p tilli mamlakat bo‘lgan Hindistonda  aholi 845 til va lahjada so‘zlasharkan.

Bugungi kunda dunyo aholisi orasida eng ko‘p so‘zlashadigan tillarni  birinchi o‘ntaligida xitoy, ingliz, ispan, hindi, bengal, arab, portugal, nemis, rus va yapon tillari o‘rin olgan. Shu bilan birga, 357 tilda faqatgina 50 kishi,  46 tilda esa atigi bittadan odam foydalanar ekan. Olimlarning fikricha, til yashab qolishi uchun unda kamida bir millon kishi so‘zlashishi kerak ekan. Biroq bunday tillar dunyoda atigi 250 ta. Yevropaliklar Amerika hududiga qadam qo‘yganida bu mintaqada minglab tillar mavjud bo‘lgan. Ayni damda Shimoliy Amerika hindularning 150 tiligina saqlanib qolgan. Tillarning yo‘qolib ketishini globallashuv jarayonlari va urbanizatsiya hodisasining kuchayishi bilan bog‘liq bo‘lib qolmoqda.

Tilni saqlab qolishi uchun uni qo‘llab-quvvatlash zarur. Til xalqni birlashtiradi, tarbiyalaydi, urf-odat, anʼanalarini saqlaydi. Shu sababli ham tilning saqlanishi millat taraqqiyoti va kelajagini belgilaydi.

Bugun O‘zbekistonning yangi tarixi yaratilmoqda. Jonajon O‘zbekistonimiz milliy yuksalish sari shaxdam qadamlar tashlayotganligining boisi uning mustahkam siyosiy, iqtisodiy va maʼnaviy poydevori borligidir. Prezidentimizning 2019 yil 21 oktabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining o‘ttiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi maʼruzasida: “Ona tilimiz – milliy maʼnaviyatimizning bitmas-tuganmas bulog‘idir. Shunday ekan, unga munosib hurmat va ehtirom ko‘rsatish barchamizning nafaqat vazifamiz, balki muqaddas insoniy burchimizdir”, degan so‘zlari har birimiz uchun dasturilamal bo‘lishi kerak.

Buning uchun har birimiz tilimizni asrab-avaylashimiz, uning rivoji uchun fidoyi bo‘lishimiz kerak. Dunyoda 50 mln. atrofidagi kishilar ona tilimizda so‘zlashayotgani qalbimizga cheksiz faxru iftixor va g‘urur bag‘ishlaydi.

Xolmamat RAUPOV,

bosh direktor maslahatchisi.

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 4365

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 4321

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 3016

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 2793

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 2231



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish