2-GMZda 30-tegirmon bloki ishga tushirildi

Batafsil: Yaratildi: 07.10.2020 13:41 Tahrirlandi: 08.10.2020 07:55 Ko'rishlar soni: 526

Navoiy kon-metallurgiya kombinati bo‘linmalarida oltin maʼdanini qazib olish va qayta ishlash bo‘yicha yangi quvvatlarni barpo etish bilan bir qatorda amaldagi gidrometallurgiya zavodlarini kengaytirish, rekonstruksiya qilish va texnik qayta jihozlashga qaratilgan yirik investitsiya loyihalari bosqichma-bosqich amalga oshirilyapti. 

Xususan, “2-gidrometallurgiya zavodining qayta ishlash quvvatlarini kengaytirish” loyihasi doirasida joriy yilning mart oyida muddatidan oldin 29-tegirmon bloki ishga tushirildi va bu tegirmonda hozirgacha 1,8 mln tonna maʼdan qayta ishlandi. Mazkur zavodda tarkibida qimmatbaho metall bo‘lgan maʼdanni maydalashdan boshlab, undan tayyor mahsulot ajratib olib, oliy sifatli quyma oltin hosil qilishgacha bo‘lgan texnologik jarayonlar to‘liq amalga oshiriladi. 29-tegirmon bloki bilan yonma-yon 30-tegirmon blokining ishga tushirilishi 2-GMZ jamoasi uchun katta voqea bo‘ldi.

7 октября

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 fevraldagi “2018 yildagi investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi hamda Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 21 noyabrda qabul qilingan “2-GMZning qayta ishlash quvvatlarini kengaytirish (I-II bosqichlar)” investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asosini tasdiqlash haqida”gi qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida qurilishi joriy yil yanvarda boshlangan 30-tegirmon bloki 1 oktyabrda ishga tushirildi.

Mazkur bloklarning ishga tushirilishidan ko‘zlangan maqsad zavodda maʼdanlarni qayta ishlash hajmini bosqichma-bosqich oshirib borishdir. Yangi tegirmonlar hisobidan o‘tgan yilga qaraganda 2,5 mln tonnadan ortiqroq maʼdanni qayta ishlash rejalashtirilmoqda. Bugungi kunda ushbu blokning texnik-mexanik ishlari yakunlangan bo‘lib, texnologik jarayonlarning avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini joriy qilish ishlari davom etmoqda. So‘nggi uskuna va dasturiy taʼminotlar asosida yaratilgan avtomatlashtirilgan tizim tufayli zavod bo‘linmalari mutaxassislari asosiy texnologik parametrlar hisoblangan maʼdan, suv, elektr quvvati, moy sarf-xarajatlari haqidagi maʼlumotlar kiritilgan veb-sahifadan erkin foydalanish imkoniyatiga egadirlar.  

2020 yilning o‘tgan to‘qqiz oyida 2-gidrometallurgiya zavodida umumiy tovar ishlab chiqarish rejasi 104,2 foizga bajarildi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish surʼati 104,9 foizni tashkil etmoqda. Respublikamiz xazinasiga oltin yetkazib berish buyurtmasi 103,7 foizga uddalandi. Mahsulot tannarxini kamaytirish rejasi 102 foizga bajarildi. Energoresurslar isteʼmolini qisqartirish, xomashyo va materiallardan samarali foydalanish, texnologik jarayonlarda yo‘qotishlarni kamaytirish, mehnat unumdorligini oshirish va boshqa ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish hisobiga ancha mablag‘ tejalishiga erishildi. Joriy yilda zavodda 47 million tonna rudani qayta ishlash mo‘ljallanmoqda. Bir qarashda statistik maʼlumot bo‘lib ko‘ringan bu raqam zamirida qariyb uch ming ikki yuz nafarga yaqin ishchi-xizmatchi, muhandis-texnik xodimlarning zahmatli mehnatlari samarasi mujassamlashgan.

NKMK Matbuot markazi.

NKMKning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Facebook: www.fb.com/ngmkofficial
Telegram: t.me/ngmkofficial
Instagram: instagram.com/ngmk.official

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 4365

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 4321

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 3016

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 2793

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 2231



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish