Buxorolik maʼnaviyat targ‘ibotchilari Navoiyda

Batafsil: Yaratildi: 05.10.2020 15:27 Tahrirlandi: 07.10.2020 16:57 Ko'rishlar soni: 230

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini taʼminlash hamda maʼnaviy-maʼrifiy sohada amaga oshirilayotgan targ‘ibot ishlari bilan tanishish maqsadida 2020 yil 2 oktyabr kuni Buxoro viloyatining bir guruh maʼnaviyat targ‘ibotchilari Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi.

5 октября3

Mehmonlarni NKMK tarixi, bugungi kunda kon-metallurgiya sanoatida amalga oshirilayotgan izchil islohotlardan xabardor qilish maqsadida “Farhod” madaniyat saroyidagi “NKMK tarixi muzeyi”ga sayohati tashkil etildi.

Kombinat bosh direktori maslahatchisi X.Raupov kombinat tarixi va bugungi kunda korxonada ro‘y berayotgan yangiliklar, maʼnaviy-maʼrifiy sohadagi targ‘ibot loyihalari haqida atroflicha maʼlumot berdi.

- “Kombinatning yaratilishi asnosida mana shunday go‘zal Uchquduq, Zarafshon va Navoiy shaharlari bunyod bo‘lganligidan xabarim bor edi. “Kombinat tarixi” muzeyida bo‘lib, “Muruntov” koniga Rossiyadagi mashhur Ostankino teleminorasini sig‘dirish mumkinligi, O‘zbekistondagi qadimgi ilk konchilik shaxtalaridan biri neolit davrida, Uchtut qishlog‘ida paydo bo‘lganligi, bir so‘z bilan aytganda O‘zbekiston konchilik tarixi va uning buguni bilan yaqindan tanishdik. Kombinatda maʼnaviy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar ibrat olishga munosib. NKMK tashabbusi bilan buyuk olimlar Beruniyning “Mineralogiya”, Ar-Roziyning “Sirlar siri” asarining o‘zbek tiliga tarjima qilinib nashr etilishi, bu shubhasiz kelajak avlod uchun ulkan ilmiy meros bo‘lib qoladi,” - deydi Buxoro viloyat maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limi rahbari M.Pardayeva.  

Muzeyga sayohat mehmonlarda katta taassurotlar uyg‘otdi hamda kombinatning O‘zbekiston iqtisodiy-ijtimoiy hayotida tutgan o‘rnini anglashdagi tasavvuri boyishiga imkon berdi.

NKMK Maʼnaviyat va maʼrifat markazi.  

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 4365

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 4321

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 3016

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 2793

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 2231



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish