Kombinat energotizimidagi innovatsion yechim

Batafsil: Yaratildi: 05.10.2020 11:01 Tahrirlandi: 05.10.2020 14:56 Ko'rishlar soni: 411

Navoiy kon-metallurgiya kombinatida ishlab chiqarish quvvatlarining barqaror va uzluksiz ishlashi uchun elektr taʼminoti muhim ahamiyatga ega. Kombinatning yirik ishlab chiqarish korxonalari Zarafshon va Uchquduq hududlarida joylashgan bo‘lib, Navoiy va Taxiatosh issiqlik elektr stansiyalaridan magistral havo elektr uzatish liniyalari orqali elektr energiyasi bilan taʼminlanadi.

Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga qarashli bo‘lgan mazkur elektr uzatish liniyalari kombinatning hududda joylashgan korxonalari, shuningdek, xalq xo‘jaligining boshqa obyektlarini elektr energiyasi bilan taʼminlabgina qolmasdan, respublikamiz Yagona energotizimining Shimoli-G‘arbiy va Janubi-G‘arbiy qismlarini o‘zaro bog‘lash uchun ham xizmat qiladi. Elektr quvvatiga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqib, quvvat oqimi Yagona energotizimning u yoki bu qismiga ushbu tarmoqlar orqali uzatiladi.

Mamlakatimiz energotizimining Shimoli-G‘arbiy va Janubi-G‘arbiy qismlarida quvvat yetishmovchiligi ro‘y beradigan yoz mavsumlarida kombinat tarmoqlarida kuchlanish meʼyoriy qiymatdan pasayishi odatiy tus olgan edi. Buning sabablaridan biri Zarafshon va Uchquduq hududlaridagi elektr energiyasi isteʼmolchilari elektr energiyasi manbalaridan uzoq – 220 kilometrdan 620 kilometrgacha bo‘lgan masofada joylashganligidir.  

Quvvat manbasining isteʼmolchidan uzoqligi o‘z navbatida quvvatni uzatishda elektr uzatish tarmoqlarida katta miqdorda texnologik yo‘qotishlar yuzaga kelishi va elektr uzatish tarmoqlari o‘tkazuvchanlik qobiliyatining pasayib ketishiga olib keladi. Elektr quvvatini energotizimning Shimoli-G‘arbiy qismiga kombinat tarmoqlari orqali uzatilishi esa elektr taʼminoti ish tartibiga salbiy taʼsir ko‘rsatar, bu holatda bir vaqtning o‘zida ham quvvat yo‘qotilishi ortishi, ham kuchlanishning pasayishiga, kuchlanishning pasayishi o‘z navbatida elektr isteʼmolchilarida yuklama tokining ortishi oqibatida yo‘qotishning ko‘payishiga olib kelar edi.

Ushbu muammoning elektr taʼminotiga bo‘lgan salbiy taʼsirini bartaraf etishning iqtisodiy va texnik jihatdan to‘g‘ri yo‘li bu isteʼmolchining eng ko‘p elektr yuklamaga ega bo‘lgan nuqtasida reaktiv quvvat manbasini o‘rnatib, uning yordamida energotizimdagi reaktiv quvvat tanqisligini qoplash va shu bilan birga tarmoqlarning elektr o‘tkazuvchanligini oshirishdir.

5 октября

Kombinat miqyosida eng ko‘p elektr yuklamaga ega bo‘lgan nuqta 220 kilovolt kuchlanishli “Bessopan” almashlab ulash punkti hisoblanadi. Bu kombinat mutaxassislari tomonidan elektr tarmoqlarida reaktiv quvvat tanqisligini qoplashning innovatsion usullari, zamonaviy qurilmalarning ishlash tamoyillari va ularni isteʼmolchi xususiyatlaridan kelib chiqqan holda joylarda qo‘llash masalalari o‘rganib chiqildi. Natijada kombinat mutaxassislari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi “O‘zenergoinspeksiya” va “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ bilan “Bessopan” almashlab ulash punktida reaktiv quvvat manbasini o‘rnatishga kelishildi.

Ko‘rsatib o‘tilgan muammoni hal qilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 9 yanvarda imzolangan “Navoiy KMK” DKning 2026 yilgacha yangidan tashkil etiladigan ishlab chiqarish quvvatlarini elektr energiyasi bilan kafolatli taʼminlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarori muhim ahamiyat kasb etdi.  

Mazkur qaror bilan Navoiy kon-metallurgiya kombinatining yangi elektr tarmoqlarida qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish, shu jumladan, “Bessopan” almashlab ulash punktida reaktiv quvvat manbalarini o‘rnatish bo‘yicha loyihalash va qurilish-montaj ishlarini bajarish uchun “O‘zelektroapparat-elektroshit” AJ bosh pudratchi tashkilot sifatida belgilandi. Kombinat va bosh pudratchi tashkilot mutaxassislari hamkorligida olib borilgan saʼy-harakatlar natijasida kattaligi jihatidan Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan, har biri 100 megavar (megavar – reaktiv quvvatning o‘lchov birligi, 1 megavar 1000 kilovarga teng) quvvatli ikkita Reaktiv quvvat manbasi muvaffaqiyatli ishga tushirildi.

Ushbu loyihani amalga oshirish natijasida elektr energiyasini uzatishda yuzaga keladigan quvvatning texnologik yo‘qotilishi oldingiga nisbatan o‘rtacha 35,5 foizga kamaydi va elektr taʼminoti ish tartibi yaxshilanib, tarmoqdagi kuchlanishning pasayish hollariga barham berildi.  Bunda yo‘qotish kamayishi hisobidan elektr energiyasi isteʼmolining tejalishi bir oyda o‘rta hisobda 8,03 million kilovatt soatni, bir yilda 96,36 million kilovatt soatni tashkil qiladi. Bu esa o‘z navbatida, yiliga 43,3 milliard so‘m mablag‘ tejalishiga olib keladi. Isteʼmol qilinadigan elektr energiyasi uchun to‘lanadigan mablag‘dan tejaladigan umumiy qiymat bir oyda 4,83 milliard so‘mni, bir yilda 57,9 milliard so‘mni tashkil qiladi. Reaktiv quvvat manbasini o‘rnatish loyihasini amalga oshirish uchun jami xarajatlar 149 milliard so‘mdan ortiqroqni tashkil etganligidan kelib chiqadigan bo‘lsak, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra xarajatlar 2,5 yilda to‘liq qoplanadi.   

Kombinat elektr taʼminotida bunday reaktiv quvvat manbalarining qo‘llanilishi korxona elektr taʼminoti barqarorligini taʼminlashdagi yangi innovatsion yechim sifatida o‘zini to‘liq oqlaydi.

G‘olib XOLBOYEV,

NKMK bosh energetigi.

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 4365

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 4321

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 3016

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 2793

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 2231



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish