Aziz muallim

Batafsil: Yaratildi: 29.09.2020 15:24 Tahrirlandi: 29.09.2020 15:24 Ko'rishlar soni: 176

29 сентября

 

Ilmu adab, iymon ezgu murodi,

Muallim avlodning asl ustodi.

Shogirdlar kamolga yetgani zamon,

Sen baxtli insonsan, sen baxtli inson.

 

Naqorat:

Ey, aziz muallim, aziz muallim,

Sen ulug‘ zotlarga bergansan taʼlim.

Ey, aziz muallim, aziz muallim,

Senga biz abadiy etgaymiz taʼzim.

 

Sen uchun tengi yo‘q koshona maktab,

Mangulik umrdan nishona maktab.

Yurt ishqi mehribon ko‘zlaringdadir,

Istiqlol shukuhi so‘zlaringdadir.

 

Naqorat:

Ey, aziz muallim, aziz muallim,

Sen ulug‘ zotlarga bergansan taʼlim.

Ey, aziz muallim, aziz muallim,

Senga biz abadiy etgaymiz taʼzim.

 

Donishmand avlodlar yulduz, quyoshim,

Rahnamo hamisha aziz Yurtboshim.

Maktabim, maktabim shuhratu shonim,

Ilmu fan diyori O‘zbekistonim.

 

Naqorat:

Ey, aziz muallim, aziz muallim,

Sen ulug‘ zotlarga bergansan taʼlim.

Ey, aziz muallim, aziz muallim,

Senga biz abadiy etgaymiz taʼzim.

 

Abdulla ORIPOV,

O‘zbekiston xalq shoiri.

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 4365

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 4321

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 3016

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 2793

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 2231



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish