Tilimiz rivojidagi tarixiy kun

Batafsil: Yaratildi: 25.09.2020 10:39 Tahrirlandi: 25.09.2020 10:40 Ko'rishlar soni: 309

25 сентября

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Birlashgan Millatlar Tashkiloti minbaridan turib ilk marotaba o‘zbek tilida nutq so‘zlashi haqidagi xabarni eshitiboq, qalbimda quvonch, hayajon va g‘urur jo‘sh urdi.

Negaki, o‘tgan asrning 70-80 – yillari, o‘quvchilik va talabalik davrimizda tilimizga bo‘lgan boshqacha munosabatni ko‘rganmiz. Xalqimizda “Oqqan daryo oqaveradi” degan maqol bor. O‘zbek tiliga qanchalik to‘siqlar qo‘ymasinlar, ona tilimiz yo‘qolmadi. 1989 yilda o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi tarixiy voqea bo‘lib, mustaqilligimiz tomon qo‘yilgan dadil qadam bo‘lgan bo‘lsa, Prezidentimizning yuksak minbarda turib qilgan o‘zbek tilidagi nutqi uni yangi bosqichga ko‘tardi.

O‘zbek tili asrlar osha nafaqat o‘zaro  muloqot, balki ilm-fan, ijod tili ham ekanligini ko‘rsatdi. Jonajon Vatanimiz hududi qadimdan Buyuk ipak yo‘lidagi qulay geografik joylashganligi tufayli savdo-sotiq, madaniy va ilm-fan almashinuvida muhim bo‘g‘in bo‘lib xizmat qilgan. Sharq va G‘arb sivilizatsiyalari o‘rtasidagi muloqot rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan.

Yangi O‘zbekistonda boshlangan shiddatli islohotlar ruhi dunyo minbarida ona tilimizda yangradi. “Yangi O‘zbekiston,  “O‘zbekistonning tub islohotlarini amalga oshirish bo‘yicha qarori..”, “yoshlar”, “qadimiy Xiva”  kabi so‘zlar buning yaqqol dalilidir. Xalq bor ekan, til barhayotdir. Zero, til xalqning ruhiyati va borlig‘idir.

Prezidentimizning Birlashgan Millatlar Tashkilotining 75 – yubiley sessiyasida o‘zbek tilidagi nutqi ota-bobolarimiz orzu qilgan, hazrat Alisher Navoiy butun umri davomida mavqeini ko‘tarish uchun kurashgan ona tiliga eʼtiborning yana bir yorqin isboti bo‘ldi, desam, ayni haqiqatdir. Yurtboshimizning nutqidan o‘rin olgan barcha masalalar sodda, lo‘nda, izchil, barchaga tushunarli bo‘lgan tilda bayon etib berilganligi tilimizning naqadar boy va mukammal ekanligini ko‘rsatib turibdi.

Bu kun nafaqat 34 milliondan ortiq yurtdoshlarimiz, balki Tojikiston, Qirg‘iziston va Afg‘oniston, Qozog‘iston va Turkmanistonda, bir so‘z bilan aytganda butun dunyoda - AQSHdan to Yangi Zelandiyagacha bo‘lgan hududda istiqomat qilayotgan 50 milliondan o‘zbeklar uchun g‘urur va iftixorga to‘la tarixiy kun bo‘ldi.

Shunday tarixiy kun yurtimizda kechayotgan shiddatli va qatʼiy islohotlar nafaqat iqtisodiy sohalarda, balki ijtimoiy-madaniy sohalarga ham kirib borayotganligining isbotidir.

Prezidentimiz tomonidan 2021 yilda O‘zbekistonda YUNESKO bilan hamkorlikda qadimiy Xiva shahrida “Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyalari chorrahasida“ degan mavzuda xalqaro forum o‘tkazish to‘g‘risida taklif kiritilgani barchamizni quvvontirdi. Bu tashabbusni YUNESKO rahbari Odri Azule xonim to‘la qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Shuni alohida taʼkidlab o‘tish joizki, Yurtboshimizning barcha taklif va tashabbuslari nafaqat O‘zbekiston yoki Markaziy Osiyo mintaqasi balki butun dunyo taraqqiyotiga hamda manfaatlari nazarda tutilgani bilan ahamiyatlidir.

                                                                                                         Xolmamat RAUPOV,

   Bosh direktor maslahatchisi.     

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 4365

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 4321

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 3016

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 2793

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 2231



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish