7-GMZda yangi oshxona foydalanishga topshirildi

Batafsil: Yaratildi: 22.09.2020 09:56 Tahrirlandi: 22.09.2020 09:59 Ko'rishlar soni: 512

Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 7-gidrometallurgiya zavodida 500 nafarga yaqin ishchi-xizmatchi, muhandis-texnik xodim mehnat qiladi. Ularning samarali ishlashi uchun o‘z vaqtida va to‘g‘ri ovqatlanishi muhim ahamiyat kasb etadi.

22 сентября

Yaqinda zavod hududida zamonaviy asbob-uskuna, mebellar bilan jihozlangan yangi oshxona foydalanishga topshirildi. 200 dan ortiq o‘ringa mo‘ljallangan oshxona ikkita ovqatlanish zali va dam olish xonalaridan iborat. Oshxonada 20 nafarga yaqin oshpaz va ishchilar kunduzgi va kechki smenalarda mehnat qilayotgan zavod jamoasining ovqatlanishini taʼminlashadi. Bu yerda sanitariya-gigiyena talablariga amal qilinishi, kirishda birinchi yuvinish xonasi, so‘ng ovqatlanish zaliga o‘tilishi, boshqa eshikdan chiqish nazorat qilinadi.

- Kundalik taomnomaga yuqori kaloriyali turli xil salat, suyuq, quyuq ovqatlar, meva va sabzavotlar, ichimliklarni kiritib, ishchilarga sifatli xizmat ko‘rsatmoqdamiz, - deydi oshxona bosh oshpazi U.Namozov.  

Zavod oshxonasi Zarafshon qurilish boshqarmasi bunyodkorlari tomonidan barpo etildi.

NKMK Matbuot markazi.

NKMKning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Facebook: www.fb.com/ngmkofficial
Telegram: t.me/ngmkofficial
Instagram: instagram.com/ngmk.official

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 4365

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 4321

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 3016

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 2793

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 2231



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish