Kombinat xodimlari malaka oshirmoqdalar

Batafsil: Yaratildi: 11.09.2020 11:44 Tahrirlandi: 11.09.2020 11:45 Ko'rishlar soni: 485

Joriy yilning sentyabr oyidan Navoiy shahrida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi tomonidan o‘quv kurslari o‘tkazilmoqda.

11 сентября2

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 3 martda qabul qilingan “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti faoliyatini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, o‘quv kurslari mazkur markazning Navoiy davlat pedagogika institutida joylashgan Navoiy viloyati bo‘yicha hududiy bo‘linmasida tashkil etilayapti.    

Ushbu kurslarda viloyatdagi korxona va tashkilotlar, idora va muassasalar xodimlarining o‘zbek adabiy tili meʼyorlari, lotin yozuviga acoslangan o‘zbek alifbosi va imlosi, davlat tilida ish yuritish asoslari, rasmiy hujjatlar va ularni yozish bo‘yicha nazariy hamda amaliy bilimlari, ko‘nikma va mahorati oshirilayapti. O‘quv jarayonida Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 10 nafar xodimi ham ishtirok etmoqda.

11 сентября3

- O‘quv kurslar 2 ta yo‘nalishga – davlat tashkilotlari xodimlari va keng aholi qatlamlari uchun mo‘ljallangan. Birinchi yo‘nalishdagisi “O‘zbek adabiy tili meʼyorlari va davlat tilida ish yuritish”, ikkinchisi esa “O‘zbek adabiy tilining yozma nutq meʼyorlari”, deb nomlanadi. Davlat tashkilotlari xodimlari uchun to‘lov-shartnoma asosida tashkil etilgan kurs bir oyga mo‘ljallangan. Kurs tinglovchilari haftasiga besh kun o‘qitiladi. Mashg‘ulotlar yakunida tinglovchilar imtihon topshirishadi va ularga maxsus sertifikat beriladi, - deydi markazning Navoiy viloyati bo‘yicha hududiy bo‘linmasi rahbari H.Suyunov.      

Taʼkidlash joizki, shu yilning oxiriga qadar kombinatning 40 nafar xodimi mazkur kurslarda o‘qitilishi rejalashtirilgan.

NKMK Matbuot markazi.

NKMKning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Facebook: www.fb.com/ngmkofficial
Telegram: t.me/ngmkofficial
Instagram: instagram.com/ngmk.official

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 4189

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 4128

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 2927

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 2704

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 2159



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish