Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashabbusi bilan yana bir kitob nashrdan chiqarildi

Batafsil: Yaratildi: 11.09.2020 08:10 Tahrirlandi: 11.09.2020 08:10 Ko'rishlar soni: 132

Bugun poytaxtning O‘zbek tili va adabiyoti universitetida Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti va Fanlar akademiyasi hamkorligida “Davlat tilida ish yuritish” amaliy qo‘llanmasi kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

11 сентября_1

Ushbu qo‘llanmada tashkilot va muassasalarning ish yuritish faoliyatida eng ko‘p qo‘llaniladigan hujjatlar, ularni tuzish tartib-qoidalari masalalariga alohida eʼtibor qaratilgan. Hujjatlar tegishli namunalar bilan ko‘rsatilgan, qolaversa mazkur qo‘llanmada ish yuritishga oid lug‘atlar aks ettirilgan.

Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri A.Qirg‘izboyev qo‘llanma haqida fikr bildirar ekan, kitob birinchi navbatda, tashkilotlar rahbarlari va xodimlariga, boshqaruv faoliyatida bevosita hujjat ustida ishlovchilar, kotiblar, xodimlar bilan ishlash xizmati vakillari uchun ish yuritishda asosiy manba sifatida foydalanish mumkinligi taʼkidlandi. Kitob mualliflarining saʼyi-harakatlari, mehnatlari eʼtirof etildi.

Bu qo‘llanmaning to‘qqizinchi to‘ldirilgan va takomillashtirilgan nashri hisoblanadi. Hozirda 3000 nusxada chop ettirilgan bo‘lsa, adadini yanada ko‘paytirish rejalashtirilayotganligi aytib o‘tildi. Kitob Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga nashrdan chiqarildi.

Qo‘llanmani respublika taʼlim muassasalariga, vazirliklarga, davlat va xo‘jalik idoralariga, hokimliklarga bepul tarqatish rejalashtirilgan.

Manba: http://til.gov.uz/uz/news-and-announcements/news/113 

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 4188

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 4128

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 2925

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 2702

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 2157



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish