Avtoyo‘lni taʼmirlash ishlari olib borilmoqda

Batafsil: Yaratildi: 10.09.2020 14:56 Tahrirlandi: 10.09.2020 14:57 Ko'rishlar soni: 203

Mamlakatimizda yo‘lsozlik sohasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari transport vositalarining yo‘l bilan bog‘liq sarf-xarajatlarini qisqartirish, yo‘lovchilarning uzog‘ini yaqin qilish, ayniqsa, xavfsiz harakatlanishini taʼminlash barobarida, atmosferaga zaharli gazlar chiqishining oldini olish, binobarin, tabiat musaffoligini asrashga xizmat qilayotir.

10 сентября2_1

Ayni kunlarda Konimex temir yo‘l stansiyasidan “Navoiy-Zarafshon-G‘ozg‘on” A-379 avtomobil yo‘ligacha bo‘lgan 21 kilometrli yo‘lda taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. Taʼmirlash ishlarini Konimex tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi jamoasi amalga oshirayapti.

- 5-kon boshqarmasining 2-geotexnologik konini Markaziy moddiy-texnika bazasi bilan bog‘lovchi bu yo‘l 1985 yili foydalanishga topshirilgan. So‘nggi paytlarda bu yo‘ldan og‘ir kon mashinalari qatnovining ko‘payishi yo‘lning taʼmirtalab bo‘lib qolishiga va buning oqibatida korxona avtotransportlari ehtiyot qismlarining tezda ishdan chiqishiga olib kelayapti. Shu boisdan, yo‘lni taʼmirlash uchun kombinat tomonidan 11 mlrd so‘m ajratildi. Mazkur yo‘lning taʼmirlanishi infratuzilmaning yaxshilanishi, yuklarni kerakli manzillarga xavfsiz olib borish imkonini beradi, - deydi NKMK 5-kon boshqarmasi direktorining kapital qurilish bo‘yicha o‘rinbosari Ilyos Zaripov.

NKMK Matbuot markazi.

NKMKning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Facebook: www.fb.com/ngmkofficial
Telegram: t.me/ngmkofficial
Instagram: instagram.com/ngmk.official

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 4188

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 4128

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 2925

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 2702

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 2157



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish