Konchilik instituti yosh olimlari tanlov g‘oliblari bo‘lishdi

Batafsil: Yaratildi: 10.09.2020 10:51 Tahrirlandi: 10.09.2020 10:52 Ko'rishlar soni: 374

Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi tashabbusi bilan isteʼdodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi hamda Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda ilk marotaba tashkil etilgan “Yangi O‘zbekistonning isteʼdodli yoshlari” eng yaxshi maqolalar tanlovi  g‘oliblari aniqlandi. Ular orasida Navoiy davlat konchilik institutining yosh olimlari Shuhrat Aliqulov, Hulkar O‘rinova va Omon Fuzaylovlar ham g‘olib bo‘ldilar.

10 сентября_1

Mazkur tanlov yoshlarni ilm-fan sohasiga jalb etish va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida o‘tkazildi. Tanlovga talabalar, doktorantlar va tadqiqotchilar tomonidan 400 ga yaqin ilmiy maqola taqdim etilib, ulardan 39 tasi eng yaxshi, deb topildi. G‘oliblarning ilmiy maqolalaridan iborat to‘plam chop etildi va ushbu to‘plam Oliy attestatsiya komissiyasida eʼtirof etilgan ilmiy nashrlar qatoriga kiritildi.

Tanlov g‘oliblari bo‘lgan institut vakillarining ilmiy maqolalarida konchilik sanoatiga oid mavzular yoritilgan. Jumladan, konchilik fakulteti hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi mudiri, texnika fanlari doktori Sh.Aliqulovning maqolasi Markaziy Qizilqumda joylashgan murakkab gidrogeologik sharoitda bo‘lgan Kindiktepa uran konini o‘zlashtirish texnologiyasini asoslashga bag‘ishlangan. Tayanch doktorant O.Fuzaylovning maqolasida sulfidli oltin maʼdanning flotatsion konsentratlarini mikroto‘lqinli kuydirish natijalari ilmiy tahlil qilingan. Konchilik fakulteti hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi assistenti H.O‘rinovaning ilmiy ishida Qizilqum hududidagi sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, sho‘rlanishga moyil bo‘lgan yerlarning unumdorligini oshirishning bioekologik xususiyatlari ko‘rsatib o‘tilgan.

Navoiy davlat konchilik instituti yosh olimlarining ushbu yutuqlari mazkur dargohda ilm-fan sohasini rivojlantirishda tizimli ishlar olib borilayotganligidan dalolatdir.

NKMK Matbuot markazi.

NKMKning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Facebook: www.fb.com/ngmkofficial
Telegram: t.me/ngmkofficial
Instagram: instagram.com/ngmk.official

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 4189

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 4128

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 2927

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 2702

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 2157



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish