“Sirlar siri kitobi” asari chop etildi

Batafsil: Yaratildi: 09.09.2020 16:41 Tahrirlandi: 09.09.2020 16:43 Ko'rishlar soni: 603

Navoiy kon-metallurgiya kombinati rahbariyati tashabbusi bilan Abu Bakr Muhammad ibn Zakariyo ar-Roziyning “Kitob sirr al-asror”, yaʼni “Sirlar siri kitobi” asari chop etildi.

9 сентября3

Ushbu kitob Ubaydulla Karimov muallifligida rus tilida 1957 yilda chop etilgan edi. Monografiya soha uchun kerakli asar bo‘lgani va unib-o‘sib kelayotgan kadrlarga maʼnaviy xazinaligi uchun uni o‘zbek tilida chop etishga ehtiyoj bor edi. Natijada, Navoiy kon-metallurgiya kombinati mutaxassislari va O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti olimlari hamkorligida kitob o‘zbek tiliga tarjima qilinib, kitobxonlar eʼtiboriga havola etildi.

Qadim tarix va shiddat bilan rivojlanayotgan bugungi davr shuni isbotlayaptiki, ilm-fani rivojlangan mamlakat taraqqiyotning yuksak marralariga erishgan va erishmoqda. Bunda, shak-shubhasiz, olimlar, ilm-fan fidoyilarining o‘rni beqiyos. Qay bir davlatda ilm-fanga eʼtibor berilgan bo‘lsa, o‘sha yerda olimu fuzalolar yuksak qadrlangan. O‘rta asrlarda qishloq xo‘jaligi va hunarmandchilik bilan bir qatorda konchilikning rivojlanishi, ichki va tashqi savdoning kengayishi aniq va tabiiy fanlarning rivojlanishiga shart-sharoit yaratdi. Musulmon Sharqida bu davrda jahon ilm-fani rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk allomalar yetishib chiqdi.

Markaziy Osiyo mintaqasidan yetishib chiqqan buyuk olimlar – Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino qatorida Sharq va G‘arbda aniq va tabiiy fanlarning keyingi rivojiga tamal toshini qo‘ygan olimlardan biri Abu Bakr Muhammad ibn Zakariyo ar-Roziy edi.

Ar-Roziyning ilmiy faoliyatini ilk bor ilmiy jamoatchilikka sharqshunos olim Ubaydulla Karimov kengroq tanishtirdi. Ubaydulla Karimov (1920-1997) maʼlumoti bo‘yicha kimyogar va sharqshunos edi. 1950 yilda olim tomonidan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutining qo‘lyozmalar fondida Sharqning buyuk ensiklopedist olimi Abu Bakr Muhammad ibn Zakariyo ar-Roziyning kimyoga oid shu vaqtgacha nomaʼlum bo‘lgan “Kitob sirr al-asror” (“Sirlar siri kitobi”) asari qo‘lyozmasi topildi.

“Sirlar siri kitobi” alloma qalamiga mansub “Kitob al-asror” asarining mantiqiy davomi sifatida yozilgan. Kitobning muqaddimasida shunday yozadi: “Bizning kitob (alkimyo) sanʼatining bo‘yoqlarni tez tayyorlash va ulardan foyda (olishni) tezlashtirishning ayrim usullari to‘g‘risidagi mulohazalarni o‘z ichiga oladi... Unda aql-idrokli inson uchun (tushunarli) turli xil amallar va ajoyib tajribalar tavsiflab berilgan...”.

“Kitob sirr al-asror”da kumushni ichi va sirtidan qizil rangga bo‘yash, oltin miqdorini oshirish, sifati past oltinni va bo‘yalgan kumushni sof oltin darajasiga keltirish, qo‘rg‘oshin iksiri, mis va temirni kuydirish kabi mavzularga oid boblar mavjud. Ubaydulla Karimovning keltirishicha, Roziy bu kitobida, kimyo tarixida birinchi marta reaksiyaga kirishgan moddalarning teskari amallar vositasida dastlabki holatiga qaytishi mumkinligi haqida yozgan.

Ushbu nashr mutaxassislar, tadqiqotchilar, talabalar, shuningdek, kimyo hamda metallurgiya sohasiga qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan.

Xolmamat RAUPOV,

NKMK bosh direktori maslahatchisi,

tarix fanlari nomzodi.

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 4334

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 4286

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 3002

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 2781

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 2222



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish