Zavodning ishlab chiqarish quvvatlari oshiriladi

Batafsil: Yaratildi: 07.09.2020 15:57 Tahrirlandi: 07.09.2020 16:04 Ko'rishlar soni: 503

Navoiy kon-metallurgiya kombinati bo‘linmalarida investitsiya loyihalarni amalga oshirish, quvvatlarni oshirish, korxonalarni modernizatsiyalash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. 7-gidrometallurgiya zavodi quvvatlarini oshirish ana shunday loyihalardan biridir.  

7 сентября

Mazkur loyihaning birinchi bosqichi doirasida 1,2-tegirmonlar muddatidan oldin ishga tushirilishi natijasida joriy yilning o‘tgan davrida korxonada maʼdanni qayta ishlash rejasi ortig‘i bilan bajarildi. Zamonaviy texnologiyalarga asoslangan 7-GMZda murakkab jarayonlar orqali qayta ishlangan (texnogen) maʼdanlardan mahsulot olish yo‘lga qo‘yilib, ko‘zlangan samaradorlikka erishish taʼminlanmoqda. Zavodning kombinatning boshqa gidrometallurgiya zavodlaridan farqi shundaki, bu yerda qo‘llanilayotgan texnologiyalar evaziga qayta ishlangan maʼdandan yana qayta ishlab, mahsulot olish imkoniyati mavjud. Korxonada texnogen chiqindilardan mahsulot olinishi ekologik jihatdan barcha talablarga to‘la javob beradi. Eng muhimi, qayta ishlash jarayonida faqatgina mahalliy kimyoviy mahsulotlar ishlatiladi. Bu esa ichki bozorni o‘sishiga olib keladi, mahsulot tannarxini arzonlashtiradi.

7-gidrometallurgiya zavodini xomashyo bilan taʼminlash uchun "Caterpillar" firmasining 4 ta yukortgich va buldozerlaridan foydalanilmoqda. Bugungi kunda zavodda ishlatilayotgan ikkita tegirmonning har birida soatiga o‘rtacha 250 tonnadan 280 tonnagacha maʼdan qayta ishlanmoqda. Zavodning ikkinchi va uchinchi bosqichlarida bunday tegirmonlar sonini to‘rttaga yetkazish rejalashtirilgan. Korxona to‘la quvvat bilan ishga tushirilganidan keyin yiliga 15 mln tonna texnogen chiqindi qayta ishlanadi va mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi.  

Yangi zavodni yosh, malakali kadrlar bilan taʼminlash ishlari allaqachon boshlab yuborilgan edi. Tanlangan mutaxassislar qisqa davrda o‘quv markazlarida qayta tayyorlandi, ishlab chiqarish tarmoqlarida malakalarini oshirdilar. Ayni paytda 480 nafar yosh mutaxassis ishga qabul qilinib, mehnat faoliyatlarini boshlab yuborishdi.

NKMK Matbuot markazi.

NKMKning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Facebook: www.fb.com/ngmkofficial
Telegram: t.me/ngmkofficial
Instagram: instagram.com/ngmk.official

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 4189

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 4128

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 2926

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 2702

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 2157



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish