Yuksak davlat mukofotlari muborak bo‘lsin!

Batafsil: Yaratildi: 29.08.2020 14:48 Tahrirlandi: 29.08.2020 14:51 Ko'rishlar soni: 514

29 августа_3

Har yili Mustaqillik bayrami arafasida turli sohalarda halol va fidokorona mehnat qilayotgan ko‘plab yurtdoshlarimiz davlatimizning yuksak unvon, orden va medallari bilan taqdirlanib kelinmoqda. Ular orasida hamisha Navoiy kon-metallurgiya kombinati vakillarining ham borligi biz uchun alohida quvonarli holdir.

Joriy yilning 28 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma to‘qqiz yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoni eʼlon qilindi. Farmonga ko‘ra NKMK bosh muhandisining ishlab chiqarish bo‘yicha o‘rinbosari Serob Isuns “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi” faxriy unvoni, Janubiy kon boshqarmasi “Zarmitan” koni lahimchisi Abdug‘ani Usmonov “Mehnat shuhrati” ordeni, NKMK texnik nazorat xizmati boshlig‘i Baxtiyor Xolmurodov “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandilar.

Ular mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, respublikamiz iqtisodiy qudratini yuksaltirish, ko‘p yillik samarali mehnati, kon-metallurgiya sanoatini rivojlantirish ishlaridagi faol ishtiroki uchun ushbu mukofotlarga munosib ko‘rildi.

Bu xushxabar, albatta, kombinatning ko‘pming kishilik jamoasi va taqdirlanganlar qalbiga cheksiz quvonch ulashdi.

Mukofotlar muborak bo‘lsin, aziz hamkasblar!

NKMK matbuot markazi.

NKMKning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Facebook: www.fb.com/ngmkofficial
Telegram: t.me/ngmkofficial
Instagram: instagram.com/ngmk.official

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 4188

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 4128

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 2925

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 2702

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 2157



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish