BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Batafsil: Yaratildi: 28.09.2017 08:41 Tahrirlandi: 17.04.2018 16:16 Ko'rishlar soni: 2052

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi bilim va malakasi, ulkan salohiyati xalqaro miqyosda yana bir bor e’tirof etildi. Kombinat olimlari va mutaxassislari murakkab tarkibli, qayta ishlash qiyin bo‘lgan rudalardan oltin ajratib olishning yangi texnologiyasini yaratganliklari uchun Butunjahon intellektual mulk tashkilotining «Eng yaxshi ixtirochi» oltin medaliga sazovor bo‘ldilar.

 gold-medal-nmmc

Birlashgan Millatlar Tashkiloti ta’sis etgan va samarali ilmiy izlanishlarni qator mukofotlar bilan taqdirlab kelayotgan bu tashkilotga O‘zbekiston bilan birga 189 ta davlat a’zo bo‘lgan. Mukofotlar darajasi naqadar yuqori ekanligini shundan ham bilsa bo‘ladiki, bitta mukofot yilida bir marta va hatto bir necha yilda bir marta beriladi.

sertificat-nmmc 

Respublikamizning taniqli olimlari va amaliyotchilaridan iborat komissiya kombinatda yaratilgan ixtiro ishlab chiqarishga tadbiq etilib, mamlakat iqtisodiga qo‘shayotgan hissasini hisobga olib, shunday yuksak mukofotga tavsiya etdi. Butunjahon intellektual mulk tashkilotining hay’at a’zolari Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga «Eng yaxshi ixtirochi» oltin medalini berishni yakdillik bilan qo‘llab-quvvatladilar. Kombinat bosh direktori, O‘zbekiston Qahramoni Quvondiq Sanaqulov rahbarligida muhim ixtironi yaratib, O‘zbekiston shuhratini olamga yoygan hamkasblarimizning nomlarini iftixor bilan ta’kidlasak arziydi. Ular orasida Markaziy kon boshqarmasi direktori Otabek Mustaqimov, SHimoliy kon boshqarmasi direktori Yuriy Zolotaryov, Markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi boshlig‘i Olga Vasilyonok, Shimoliy kon boshqarmasi bosh texnologi Ulug‘bek Ergashev, 3-sonli gidrometallurgiya zavodi bosh muhandisi Shuhrat Narbadalov, kombinat boshqarmasi texnik nazorat xizmati boshlig‘i Baxtiyor Xolmurodov, Markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi laboratoriya boshlig‘i Oleg Petuxov, Navoiy davlat konchilik instituti metallurgiya kafedrasi mudiri Abdurashid Hasanov, kombinat boshqarmasi oltin ishlab chiqarish texnologiyasi bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Aleksandr Xvan va boshqalar bor. Xalqaro ahamiyatdagi «Eng yaxshi ixtirochi» oltin medalining konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari bayrami shodiyonalari nishonlangan tantanali yig‘ilishda egalariga topshirilishida esa chuqur mazmun mujassam. SHubha yo‘qki, kombinatimizning jahonda bunday yuksak e’tirof etilishi barchamizni behad quvontiradi va ertangi kunimizga ishonchimizni yanada oshiradi.

Mukofotlanganlarni chin qalbdan muborakbod etamiz!

Mavzuga oid yangiliklar

QUTLUG‘ YO‘LDA YO‘LBOSHCHINGGA YELKADOSH BO‘L

13.09.2017 10:41 2250

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 2066

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 2053

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 1623

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 1507



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish