“Auminzo-Amantoy” koni – yangi imkoniyatlar

Batafsil: Yaratildi: 05.08.2020 09:31 Tahrirlandi: 28.09.2020 13:56 Ko'rishlar soni: 1606

Navoiy kon-metallurgiya kombinatida qator yirik investitsiya loyihalar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Jumladan, shunday loyihalardan biri Markaziy kon boshqarmasining “Auminzo-Amantoy” oltin koni negizida 5-gidrometallurgiya zavodini barpo etishga qaratilgan. 

 Ayni paytda mazkur obyektda qurilish ishlari davom etmoqda. Zavodni kombinatning Zarafshon qurilish boshqarmasi va “Element Qurilish” masʼuliyati cheklangan jamiyatining quruvchilari barpo etishmoqda. 2020 yil yakunida zavodning birinchi bosqichi foydalanishga topshirilgandan so‘ng 2 mln tonna sulfidli maʼdan qayta ishlash rejalashtirilgan. 2023 yilga borib 5-GMZda yiliga 5 mln tonna maʼdan qayta ishlanadi va 3,5 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Bu esa aholi, ayniqsa yoshlar bandligini taʼminlashga xizmat qiladi.  

5 августа

2017 yilda “Auminzo-Amantoy” oltin konida ruda qazib olish va qayta ishlash ishlari boshlaganidan buyon mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi. Bu yerda asosan Navoiy davlat konchilik instituti bitiruvchilari ishga qabul qilinib, “ustoz-shogird” anʼanasiga muvofiq bilim va tajribasini oshirib borishmoqda. Tajribali ishchi-xodimlar mehnat qilayotgan mazkur konda “Hitachi” rusumli ekskavatorlar, “BelAZ” rusumli avtoag‘darg‘ichlar, burg‘ilash uskunalari va boshqa konchilik texnikalaridan samarali foydalanilayapti. Konda kovshining hajmi 21 m3 tashkil etadigan beshta ekskavator har ko‘tarishda 30 tonnadan ortiq kon massasini avtoag‘dargichlarga yuklab bermoqda.

Mahsulotni o‘z vaqtida va sifatli ishlab chiqarishda kon jamoasining munosib hissasi bor. Ishchi-xodimlarning fidokorona mehnati samarasi bugun konning ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarida namoyon bo‘lmoqda. Joriy yilning birinchi yarim yilligi natijalariga ko‘ra, oltin va kumush ishlab chiqarish hajmi sezilarli darajada ortdi.

Shuningdek, “Auminzo-Amantoy” koni hududidagi 9 gektarlik maydonda ishchilar shaharchasi qad rostladi. 2,5 ming kishiga mo‘ljallangan shaharcha hududida oshxona, muhandis-texnik xodimlar uchun turar joy, ishchilar uchun barcha qulayliklarga ega yotoqxonalar qurib bitkazildi.

NKMK Matbuot markazi.

NKMKning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Facebook: www.fb.com/ngmkofficial
Telegram: t.me/ngmkofficial
Instagram: instagram.com/ngmk.official

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 4334

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 4286

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 3002

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 2782

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 2222



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish