Yangi o‘quv markazi ish boshladi

Batafsil: Yaratildi: 28.07.2020 13:36 Tahrirlandi: 28.07.2020 13:37 Ko'rishlar soni: 1139

Navoiy kon-metallurgiya kombinatida konlardan qazib olinayotgan, tarkibida oltin bo‘lgan maʼdan va tog‘ jinslarini tashishda yirik transport vositalaridan keng foydalaniladi. 

28 июля

Bugungi kunda Shimoliy kon boshqarmasining Avtomobil transporti boshqarmasida 100 dan ortiq ulkan avtoag‘dargichlar mavjud bo‘lib, ular “Sharqiy”, “Ko‘kpatas” va “Daug‘istov” konlaridan qazib chiqarilayotgan maʼdan va tog‘ jinslarini tashishga jalb qilingan. Kombinat rahbariyatining bevosita ko‘magida Avtomobil transporti boshqarmasining parki yildan-yilga zamonaviy transport vositalari bilan kengayib borayapti. Joriy yilda boshqarmaga 6 ta “Caterpillar” va 6 ta “Komatsu” rusumli 90 tonna yuk ko‘tarish quvvatiga ega avtoag‘dargichlar keltirildi. Yil oxirigacha boshqarmaga qo‘shimcha 20 ta “Komatsu” rusumli avtoag‘dargichlar olib kelinadi. “Komatsu” texnikalarini ishlatish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish maqsadida, xorijiy kompaniyaning O‘zbekistondagi rasmiy vakili – “IKO Machinery” MChJ XK tomonidan Avtomobil transporti boshqarmasida o‘quv markazi tashkil etildi. O‘quv xonasi 16 ta kompyuter bilan jihozlangan bo‘lib, u yerda mutaxassislar nafaqat “Komatsu” texnikasini boshqarish, balki uning imkoniyatlari bilan ham tanishib borishadi.

Maʼlumotlarga ko‘ra, kelajakda yana bitta shunday o‘quv markazini Markaziy kon boshqarmasi Avtomobil transporti boshqarmasida ham tashkil etish hamda Shimoliy kon boshqarmasi Avtomobil transporti boshqarmasi uchun “Komatsu” avtoag‘dargichini haydash simulyatorini olib kelish rejalashtirilgan.

NKMK Matbuot markazi.

NKMKning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Facebook: www.fb.com/ngmkofficial
Telegram: t.me/ngmkofficial
Instagram: instagram.com/ngmk.official

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 4188

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 4128

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 2925

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 2702

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 2157



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish