NKMK xomashyo bazasini rivojlantirish istiqbollari

Batafsil: Yaratildi: 01.07.2020 14:23 Tahrirlandi: 01.07.2020 14:24 Ko'rishlar soni: 566

Mineral xomashyoni qazib olish va qayta ishlash O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida yetakchi o‘rinni egallab, sanoat ishlab chiqarishining rivojlanishi va mehnat resurslaridan oqilona foydalanishni belgilaydi. Tog‘-kon va qayta ishlash sanoati mineral-xomashyo bazasining hozirgi holati sanoat korxonalarining uzoq muddatli istiqbolda barqaror ishlashini taʼminlaydi.

1 июля

Navoiy kon-metallurgiya kombinatining oltin maʼdanli xomashyo bazasi G‘arbiy O‘zbekistondagi 20 ga yaqin konlardan iborat. Ushbu konlarning umumiy maʼdan zaxirasi 2,12 milliard tonnani tashkil etadi. Ulardan ishlab chiqarishda maqsadga muvofiqligi texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar bilan tasdiqlangan amalda foydalanilanayotgan zaxiralari 1,99 milliard tonnani tashkil etadi. Qolgan qismi hozirgi vaqtda istiqbolli zaxiralar toifasiga kiritilgan. Ushbu zaxiralarni sanoat o‘zlashtirilishiga jalb qilish puxta texnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqishni talab qiladi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 martdagi “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, hisob va hisobot bo‘yicha xalqaro standartlar (ISAR) prinsiplari va talablariga muvofiq korporativ maʼlumotlarni oshkor qilish tizimini joriy etish, global hisobot tashabbusiga (GRI) muvofiq, shu jumladan iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik masalalar bo‘yicha hisobotlarni chop etish, qidiruv natijalari, mineral resurslar va maʼdan zaxiralari to‘g‘risida hisobot yuritishning Avstraliya kodeksi (JORC Code) standartlariga muvofiq zaxiralarni qayta baholash bo‘yicha ishlar boshlangan.

Bugungi kunda mineral resurslar va maʼdan zaxiralari to‘g‘risida hisobot yuritishning Avstraliya kodeksi (JORC Code) standartlariga muvofiq, NKMKda 10 ta konlarning zaxiralarini qayta baholash bo‘yicha hisobotlar tayyorlanib, joriy yilning oxirigacha kombinat o‘z kuchi bilan yana 12 ta yangi obyekt bo‘yicha hisobotlarni tayyorlashi rejalashtirilgan. Umuman olganda, 22 ta obyektni qayta baholash kombinat balansidagi zaxiralarning 90 foizini taʼminlaydi.

1 июля2

Suratda Avstraliya kodeksiga (JORC Code) muvofiq, qayta baholash natijalari asosida Muruntov va Mutenbay konlari zaxiralarini tasniflash va qayta baholashning 3D ko‘rinishi keltirilgan. Qizil rangda – aniqlangan, ko‘k rangda – taxminiy.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 iyuldagi “Yer qaʼrini geologik jihatdan o‘rganishni yana-da takomillashtirish va 2020-2021 yillarda mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash davlat dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga asosan, 2020-2021 yillarda va uzoq istiqbolda (2022-2030 y.) Navoiy KMKning xomashyo bazasini ko‘paytirish ishlari Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi “Qizilqumgeologiya” va “Samarqandgeologiya” davlat unitar korxonalarining bo‘linmalari tomonidan Bukantov, Auminzo-Beltov, Tomditov, Samarqand kon-ruda hududlarida amalga oshirilmoqda.

Kombinatning uzluksiz ishlashini taʼminlash maqsadida joriy yilning mart oyida Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib borilgan muzokaralar natijasida yer qaʼri uchastkalaridan foydali qazilmalarni qazib olish uchun foydalanish huquqini beradigan 12 ta litsenziya yangilandi va o‘zlashtirish uchun tayyorlangan yangilariga 14 ta litsenziya olindi.

Mineral resurslar va maʼdan zaxiralari to‘g‘risida hisobot yuritishning Avstraliya kodeksi (JORC Code) talablariga asosan, shu yilning iyun oyida NKMKning Markaziy geologiya-qidiruv partiyasi negizida quduqlardan olingan namunalarni saqlash majmuasi qurilishi boshlandi. Qiymati 5 milliard so‘mlik loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqildi.

Zamonaviy xalqaro standartlar va ilg‘or xalqaro tajribani hisobga olgan holda Navoiy kon-metallurgiya kombinatining mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish korxonaning investitsion jozibadorligini va mahsulotining xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinishini oshiradi.

NKMK Matbuot markazi.

NKMKning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Facebook: www.fb.com/ngmkofficial
Telegram: t.me/ngmkofficial
Instagram: instagram.com/ngmk.official

 

 

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 3662

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 3529

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 2590

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 2389

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 1848



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish