Konchilik texnikalari yangilanmoqda

Batafsil: Yaratildi: 23.06.2020 09:34 Tahrirlandi: 25.06.2020 08:24 Ko'rishlar soni: 1086

23 июня

Navoiy kon-metallurgiya kombinatida konlardan qazib olinayotgan, tarkibida oltin bo‘lgan maʼdanni gidrometallurgiya zavodlariga yetkazib berishda yirik transport vositalaridan keng foydalaniladi. Bunda kombinatning Markaziy kon boshqarmasiga qarashli Avtomobil transporti boshqarmasining alohida o‘rni bor.

Boshqarma jamoasi “Muruntov” va “Auminzo-Amantoy” konlaridan qazib chiqarilayotgan maʼdan va tog‘ jinslarini omborlarga tashib berish, og‘ir yuk ko‘taruvchi  avtotransport va texnika vositalarini taʼmirlash, ularga texnik xizmat ko‘rsatish kabi vazifalarni o‘z vaqtida sifatli bajarib kelmoqda. Korxonaning texnologik transport vositalarini birlashtirgan avtokolonnalarida zamonaviy kon-transport vositalari, turli yordamchi texnikalar mavjud.

23 июня2

NKMK rahbariyatining bevosita ko‘magida Avtomobil transporti boshqarmasining parki yildan-yilga zamonaviy transport vositalari bilan kengayib borayapti. Joriy yilning besh oyida boshqarmaga “Catterpillar” kompaniyasining 12 ta avtoag‘dargichi, shuningdek 5 ta yuklagich, 4 ta buldozer olib kelindi. Bugungi kunda boshqarmada 136 va 220 tonna yuk ko‘tarish quvvatiga ega “BelAZ”, “Catterpillar” avtoag‘dargichlari, ekskavator, buldozer, frontal yuklagichlar yuqori unumdorlik bilan ishlatilayapti. Korxonaning uch yuzdan ortiq transport vositasi ishlab chiqarish jarayonlariga jalb qilingan. Yil yakunigacha yana 34 ta zamonaviy texnikalar keltirilishi rejalashtirilgan.

23 июня3

Avtomobil transporti boshqarmasiga keltirilayotgan zamonaviy konchilik texnikalarini qisqa muddatda yig‘ib, foydalanishga topshirish mutaxassislardan katta mahorat talab etadi. Ishlab chiqarishga tayyorlash uchastkasida yangi avtotransport vositalari 5-6 ish kunida yig‘ilmoqda.

Korxonada haydovchilarning mahorat va bilimlarini mustahkamlash maqsadida yangi o‘quv binosida “BelAZ” va “Catterpillar” avtoag‘dargichlarini haydash simulyatorlaridan foydalanilmoqda. Bu yerda o‘tkazilayotgan o‘quv mashg‘ulotlarda haydovchilar amaliy tajribalarini oshirishdan tashqari zamonaviy konchilik texnikalarining imkoniyatlarini ham o‘zlashtirmoqdalar.

NKMK Matbuot markazi.

NKMKning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Facebook: www.fb.com/ngmkofficial
Telegram: t.me/ngmkofficial
Instagram: instagram.com/ngmk.official

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 4189

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 4128

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 2927

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 2702

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 2157



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish