3-GMZ: chorak asrda mahsulot ishlab chiqarish hajmi 4,5 barobarga oshdi

Batafsil: Yaratildi: 10.06.2020 14:33 Tahrirlandi: 10.06.2020 14:34 Ko'rishlar soni: 1078

10 июня

14 iyun kuni Shimoliy kon boshqarmasiga qarashli 3-gidrometallurgiya zavodi foydalanishga topshirilganiga 25 yil to‘ladi.

Zavod jamoasi o‘tgan davrda sharafli yo‘lni bosib o‘tdi. 2005 yilda “Ko‘kpatas”, “Daug‘istov” konlaridan qazib olinayotgan sulfidli maʼdanni qayta ishlashga mo‘ljallangan majmua qurilishi boshlandi. BIOX deb nomlangan yangi majmuaning birinchi navbati 2008 yilda, ikkinchi navbati 2012 yilda ishga tushirilishi bilan tayyor mahsulot ishlab chiqarish hajmini 34 foizga oshirishga erishildi. BIOX 3-GMZda qurilgan yana bir zavoddir. 2012 yilda sorbsion texnologiyasida sorbentning yangi turi – faollashtirilgan ko‘mirga o‘tish ishlari amalga oshirildi. Qisqa muddatda desorbsiya, elektroliz va reaktivizatsiya sexlari qurildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan NKMKda 2026 yilgacha qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni ko‘paytirishga qaratilgan dasturlar doirasida 3-GMZda istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda. “O‘zgeorangmetliti” instituti hamda Germaniyaning “Engineering Dobersek” kompaniyasi hamkorligida “Ko‘kpatas” va “Daug‘istov” oltin konlari maʼdanlarini qayta ishlash texnologiyasini yana-da takomillashtirishga qaratilgan loyiha ishlab chiqildi. 2019 yilda 114 million yevro miqdoridagi mablag‘lar evaziga bunyod etilgan yuqori texnologik majmua – filtrlash, quritish va kuydirish sexi foydalanishga topshirildi. Yuqori texnologik yechimlarga ega ushbu majmua gidrometallurgiya zavodining oltinga boy maʼdanlarni qayta ishlash imkoniyatini oshirdi. Yangi loyiha amalga oshishi evaziga qo‘shimcha 200 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi.

Bugun zavodda dunyo konchilik amaliyotidagi noyob va murakkab texnologiya – sulfidli maʼdanlarni bakterial oksidlash orqali oltin ajratib olish samarali ekanligi o‘z isbotini topayapti. Ahil jamoaning fidokorona mehnati evaziga zavodda mahsulot ishlab chiqarish hajmi yildan-yilga oshib bormoqda. O‘tgan yili oltin ishlab chiqarish 1995 yildagiga nisbatan 4,5 baravarga ko‘paydi. Quvonchlisi shundaki, korxona ishchi-xizmatchilari, muhandis-texnik xodimlari zavod ishga tushirilganligining shonli sanasini munosib mehnat sovg‘alari bilan kutib olmoqdalar. Zavodda mahsulot ishlab chiqarish yuzasidan joriy yilning besh oylik rejasi 103,4 foizga bajarildi.

NKMK Matbuot markazi.

NKMKning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Facebook: www.fb.com/ngmkofficial
Telegram: t.me/ngmkofficial
Instagram: instagram.com/ngmk.official

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 4188

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 4128

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 2925

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 2702

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 2157



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish