Markaziy gamma-aktivlashtirilgan tahlilli laboratoriyada namunalar tezkor tahlil etilayapti

Batafsil: Yaratildi: 21.05.2020 15:49 Tahrirlandi: 21.05.2020 15:50 Ko'rishlar soni: 500

“Muruntov” konining Markaziy gamma-aktivlashtirilgan tahlilli laboratoriyasi Navoiy kon-metallurgiya kombinatida geologik-qidiruv ishlarini olib borishda muhim ahamiyatga ega. Keyingi yillarda laboratoriyada qator o‘zgarishlar ro‘y berdi, zamonaviy jihozlar o‘rnatildi, tadqiqotlarning yangi uslublari joriy etildi. Laboratoriyada geologik namunalarning tarkibidagi oltinni tezkor gamma-aktivlashgan tahlil qilish jarayoni yildan-yilga takomillashib borayapti. Geologlar tili bilan aytganda, mazkur laboratoriya ularning “ko‘zi” vazifasini o‘tab kelmoqda.

21 мая

Maxsus idishlardagi tog‘ jinsi tarkibidagi oltinni juda qisqa vaqtda aniqlanadi. Har bitta namunani tahlil qilish uchun 17-20 soniya vaqt talab etiladi. Hozirgi kunda bir sutkada bitta tezlatgich uskunasida 3,5 mingdan ortiq namuna tahlil qilinmoqda. Laboratoriya nafaqat kombinat bo‘linmalari, balki O‘zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasiga qarashli geologik-qidiruv ekspeditsiyalari uchun ham namunalarni tahlil qilib berayapti. Tahlil jarayonida analitik nazorat uchun standart namunalar keng qo‘llanilmoqda.

21 мая2

Joriy yilda laboratoriyada 1,5 million namunani tahlil qilish rejalashtirilgan. Dunyodagi hech bir fizik laboratoriya son jihatdan bu hajmdagi katta tahlillarni o‘tkazish qobiliyatiga ega emas. Bu laboratoriya noyobligining siri ham shunda.

NKMK Matbuot markazi.

NKMKning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Facebook: www.fb.com/ngmkofficial
Telegram: t.me/ngmkofficial
Instagram: instagram.com/ngmk.official

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 3671

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 3534

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 2591

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 2394

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 1849



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish