Yangi dovonlar zabt etiladi

Batafsil: Yaratildi: 13.05.2020 13:14 Tahrirlandi: 13.05.2020 13:14 Ko'rishlar soni: 215

17-may – O‘zbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya 

sanoati xodimlari kuni

“Muruntov” koni nafaqat respublikamiz, balki dunyoda ham eng yirik oltin konlaridan biridir. Bu yerda zamonaviy kon texnikasi va texnologiyalariga tayangan holda ob-havoning har qanday sharoitida ham maʼdan qazib chiqarish ishlari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

13 мая

Bugungi kunda konning chuqurligi 640 metrni tashkil etayapti, kelajakda esa bu ko‘rsatkich 1000 metr­gacha yetishi kutilmoqda. Bu, 2-gidrometallurgiya zavodiga maʼdan yetkazib berish hajmini tobora oshirib borish barobarida mazkur oltin qazib olish majmuasining kelajakda ham samarali ish yuritishini taʼminlaydi. Bu noyob kon rivojlangan ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmasiga hamda zamonaviy texnologiyalariga ega. Bugungi kunda “Muruntov” konida Otabek Ravshanov boshchiligida 2 260 nafardan ortiq ishchi-xizmatchilar, muhandis-texnik xodimlar mehnat qilishayapti.

O‘tgan yili kondan tog‘ jinslari qazib olish rejasi 2018-yilga taqqoslaganda 125,9 foizga, burg‘ilash ishlari 132,7 foizga, portlatish esa 130,9 foizga bajarildi. “Muruntov” konining 5-bosqichini rivojlantirish investitsiya loyihasi doirasida ikki rusumdagi 5 ta ekskavator, 5 ta burg‘ilash uskunasi, 220 tonna yuk ko‘tarish quvvatiga ega 10 dan ortiq BeLAZ kon avtoag‘dargichlari, 4 ta kon mashinasi va boshqa uskunalar keltirildi hamda ishga tushirildi.

“Muruntov” koni ahil jamoasi har qanday murakkabliklarni bartaraf etib, Avtotransport va Temir yo‘l transporti boshqarmalari jamoalari bilan hamkorlikda belgilangan rejalarni doimo bajarib kelmoqda. Ochiq, chuqur konlarni qazib olishda siklli-oqim texnologiyasidan foydalanish konlarning unumdorligini oshiradi. Konda markaziy isitish majmuasi va maʼdan qoldiqlarini tashish konveyer liniyalari rekonstruksiya qilindi. Tog‘ massasini tashish hajmini oshirish maqsadida KNK-270 tik-qiya majmuasidan unumli foydalanish choralari ko‘rilmoqda. O‘tgan yili tik-qiya konveyer orqali 41 million kub metrdan ortiq tog‘ massasi tashib berildi. Kondagi barcha sex va uchastkalarda ishning yuqori surʼati taʼminlanmoqda. “Sharqiy” va “G‘arbiy” tog‘-kon uchaskalarida maʼdan avtoag‘dargichlar yordamida konveyer lentalariga yetkazib berilmoqda. Burg‘ilash uchastkasida quduqlar o‘z vaqtida  burg‘ilanayapti. Konda loyiha quvvati yiliga 3 ming tonna bo‘lgan emulsion portlovchi moddalar ishlab chiqaruvchi yangi zavod qurilib, foydalanishga topshirildi. Zavod emulsion portlovchi moddalar ishlab chiqarish sexi, portlash ishlari olib boriladigan uchastka, portlovchi moddalar saqlanadigan omborxona, sifatni nazorat qiluvchi laboratoriyadan iborat. Bundan tashqari, konda uzluksiz sikl oqimli texnologiyalar sexi, kon-transport, “Kremniy” tog‘-kon, qazib olish jarayonida avtomatlashtirilgan tizimlar, taʼmirlash va texnik xizmat ko‘rsatish, asbob-uskunalar va avtomatlashtirish aloqa uchastkalari, tog‘-kon uchastkasining ag‘darma bo‘limi, gamma aktivatsion tahlil qilish markaziy laboratoriyasi, kon uskunalarini taʼmirlash sexi faoliyat ko‘rsatayapti.

“Muruntov” koni ahil jamoasining fidokorona mehnati evaziga rejada belgilangan miqdorda maʼdan qazib chiqarilib, 2-gidrometallurgiya zavodiga yetkazib berilmoqda. Konning 5-bosqichini rivojlantirish uchun ishlab chiqilgan investitsiya loyihasi doirasida yangi yo‘l o‘tkazgichining foydalanishga topshirilishi avtomobil transporti orqali maʼdanlarni tashish masofasini 1,5 kilometrga qisqartirish imkonini beradi. Joriy yilda jamoa oldida konda qazish samaradorligini oshirish, qo‘shimcha 100 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish, shimoliy-sharqiy isitish markazining yillik quvvati 15 million kub metr bo‘lgan konveyer majmuasini foydalanishga topshirish, yuqori quvvatga ega kon uskunalari va o‘ta aniqlikdagi GPS joylashishini aniqlaydigan yangi innovatsion texnologiyalarni joriy etishdek vazifalar turibdi. Ayni paytda konda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar, bor kuch va imkoniyatlarning ishlab chiqarishga safarbar etilayotganligi bu rejalarning sharaf bilan bajarilishidan dalolat berayapti.

NKMK Matbuot markazi.

NKMKning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Facebook: www.fb.com/ngmkofficial
Telegram: t.me/ngmkofficial
Instagram: instagram.com/ngmk.official

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 3172

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 3103

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 2393

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 2193

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 1643