Ijtimoiy himoya – eʼtiborda

Batafsil: Yaratildi: 12.05.2020 08:41 Tahrirlandi: 12.05.2020 08:42 Ko'rishlar soni: 257

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash Navoiy kon-metallurgiya kombinati maʼmuriyati va kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashining doimiy eʼtiborida bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi.

12 мая3

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-martdagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-apreldagi “O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman va shaharlar bo‘linmalari huzurida “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armalarini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida kombinat maʼmuriyati va kasaba uyushmalari Kengashi Ikkinchi jahon urushi, mehnat fronti qatnashchilari, yolg‘iz, ijtimoiy himoyaga muhtoj nafaqaxo‘rlar hamda ishchi-xodimlarni qo‘llab-quvvatlashga qaror qildi. Unga muvofiq G‘alabaning 75 yilligi nishonlangan kunlarda urush va front orti mehnat faxriylari, ehtiyojmand insonlardan 325 nafariga 13 turdagi eng zarur oziq-ovqat mahsulotlari to‘plami yetkazib berildi. Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj shunday qatlami vakillari istiqomat qilayotgan xonadonlar uch oy davomida oziq-ovqat to‘plami bilan taʼminlanadi. Kombinat jamoasining muqaddas Ramazon oyida ko‘rsatayotgan saxovatpeshalik yordamidan yuzlab insonlar behad mamnun bo‘lishayapti.

Shuni ham aytish kerakki, kombinat kasaba uyushma Kengashi NKMK bo‘linmalarida faoliyat olib borgan 3 nafar Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilari va ijtimoiy himoyaga muhtoj ishchi-xodimlardan 422 nafariga bir million so‘mdan moddiy yordam puli ajratdi.

NKMK Matbuot markazi.

NKMKning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Facebook: www.fb.com/ngmkofficial
Telegram: t.me/ngmkofficial
Instagram: instagram.com/ngmk.official

Mavzuga oid yangiliklar

«TISHLARINGIZNI ASRANG VA CHIROYLI JILMAYING...»

01.12.2017 09:21 1422

NAVOIY SABOQLARI

14.02.2018 11:05 1229

RULNI – PROFESSIONALLAR BOSHQARMOQDALAR

01.03.2018 10:19 1532

SHARAFLI KASB EGALARI

16.03.2018 14:22 1319

ASSALOM, NAVRO‘ZI OLAM!

17.03.2018 09:24 1365