Qatʼiy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – muvaffaqiyat garovi

Batafsil: Yaratildi: 24.04.2020 11:31 Tahrirlandi: 29.04.2020 13:46 Ko'rishlar soni: 317

Yurtimiz iqtisodiyotida Navoiy kon-metallurgiya kombinati muhim o‘rin tutadi. Hozirgi kunda kombinatda qariyb 56 ming nafar ishchi-xodimlar mehnat qilyapti. Navoiy va Zarafshon shahri, Uchquduq, Karmana, Qiziltepa, Navbahor va Xatirchi tumanlarida istiqomat qilayotgan 17 ming nafardan ortiq xodimlarimiz o‘z tomorqasiga ega.

20 апреля3

Ular zimmasidagi vazifalarni bajarish barobarida, tomorqa xo‘jaligidan unumli foydalanib, oilasini zarur meva-cheva, sabzavot mahsulotlari bilan taʼminlash va ehtiyojidan ortig‘ini bozorda sotib, xonadoni uchun qo‘shimcha daromad olayotganligini ham aytish o‘rinlidir.

Shularni hisobga olib, ishchi-xodimlar o‘rtasida tomorqa madaniyati bo‘yicha keng ko‘lamli tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Ayni chog‘da kombinat yetakchi yoshlari ular tomorqadan qanday foydalanayotganini joylarga chiqib o‘rganmoqda.

Kombinatimizning “Do‘stlik” agrofirmasida esa qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ko‘paytirish borasida ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Unga qarashli bog‘-rog‘lar, issiqxonalarda ekinlar jadal rivojlanyapti. Bu yil murakkab sharoitda oziq-ovqat mahsulotlariga ehtiyoj yuqori bo‘lganligini hisobga olib, agrofirma bog‘lari, daraxtzorlari oralig‘idagi maydonlarga qovoq, tarvuz, qovun, lavlagi, loviya, kunjut va boshqa ekinlar ekilyapti. Bu o‘z-o‘zidan qo‘shimcha mahsulot va daromad manbai demakdir. Joriy yilda agrofirma tomonidan qo‘shimcha 100 tonna go‘sht, 3 million dona tuxum, 100 tonna sut va sut mahsulotlari, 270 tonna qovoq, 45 tonna tarvuz, 205 tonna qovun, 80 tonna lavlagi va boshqa mahsulotlar yetishtirish maqsad qitlingan.

Bu yil 500 nafardan ortiq ishchi-xodimlarga yordam sifatida 5 tonna kartoshka urug‘i tarqatildi. Ularga kartoshkani ekishdan tortib hosil olgungacha bo‘lgan vaqtda ko‘mak berish uchun kombinat yoshlaridan tashkil topgan volontyorlar guruhlari biriktirildi. 

Karmana tumani aholisi tomorqalariga suv chiqarish muammosini hal etish maqsadida kombinatimiz tomonidan 50 dona suv chiqarish moslamasi tayyorlanib, mahallalardagi kam taʼminlangan oilalarga yetkazib berildi. Tumanning suv chiqmaydigan hududlaridagi aholiga burg‘ilash uskunalari yordamida obi-hayot chiqarib berilmoqda.

Yoshlarning bandligini taʼminlash ham o‘tkir muammolardan biridir. Joriy yil boshida o‘tkazilgan o‘rganishlar Zarafshon shahrida 934 nafar ishsiz yoshlar borligini ko‘rsatdi. Mazkur dolzarb masala xalq deputatlari Zarafshon shahar Kengashi sessiyasida tahliliy-tanqidiy tarzda ko‘rildi. Sessiyada masalani hal etishning maqbul yo‘li viloyat va shahar Kengashlari deputatlari hamda shahar hududidagi tashkilotlar va korxona rahbarlariga ularni ishga joylashtirish bo‘yicha biriktirish ekanligi haqidagi taklif bildirilgan va shu bo‘yicha qaror qabul qilingan edi. Har bir deputat va rahbar masalaga o‘ta masʼuliyat bilan yondashganligi bois bu amaliy taklif ayni paytda o‘z natijasini beryapti. Yaʼni 21-aprel holatida zarafshonlik yoshlardan 277 nafari ish bilan taʼminlandi, doimiy daromad manbaiga ega bo‘ldi.

Bugungi kunda murojaatlar bilan ishlash har bir rahbar faoliyatini baholash mezoniga aylanib bormoqda. Kombinat rahbariyatiga aholidan yil boshidan buyon 261 ta murojaat kelib tushdi. Hozirgi kunda ularning 90 tasi ijobiy hal etildi, 170 tasi bo‘yicha tushuntirish berildi, bittasi  esa ijro jarayonida.

Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash sharoitida Navoiy kon-metallurgiya kombinatining barcha korxonalari bir maromda ishlayapti. Buning uchun ishchi-xodimlarimizga barcha shart-sharoit yaratilgan. Jamoa aʼzolari bugungi vaziyatni to‘g‘ri baholab, ishlab chiqarish surʼatini yana-da oshirish, joriy yilda qariyb 300 mln. dollarlik qo‘shimcha mahsulot tayyorlash maqsadida astoydil mehnat qilishmoqda.

Prezidentimizning tashabbusi bilan boshlangan “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakatini butun jamoamiz qo‘llab-quvvatlamoqda. Zero, saxovat va xayr-ehsonda hikmat ko‘p. El boshiga ish tushgan hozirgi sinovli paytda har birimiz qatʼiy intizom va shaxsiy javobgarlik hamda hamjihatlikda qo‘lni qo‘lga berib mehnat qilsak, albatta, har qanday qiyinchiliklarni yengib o‘tamiz.

Quvondiq SANAQULOV,
Navoiy kon-metallurgiya kombinati bosh direktori,
Oliy
 Majlis Senati aʼzosi.

“Xalq so‘zi” gazetasining 

2020-yil 24-apreldagi 84-soni
 

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 3172

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 3103

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 2393

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 2193

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 1643