Ishlab chiqarish jarayonlari bir maromda davom etmoqda

Batafsil: Yaratildi: 22.04.2020 14:58 Tahrirlandi: 22.04.2020 15:05 Ko'rishlar soni: 431

Munosabat

Mamlakatimizda koronavirus pandemiyasi tufayli eʼlon qilingan karantin davrida Navoiy kon-metallurgiya kombinati 5-kon boshqarmasida ishlab chiqarish jarayonlari sanitariya qoidalariga qatʼiy rioya qilgan holda to‘xtovsiz davom etmoqda.

22 апреля

22 апреля2

22 апреля3

22 апреля4

Kon boshqarmasida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishga qaratilgan qator profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, korxonaning barcha bo‘linmalarida tashkil etilgan maxsus blok-postlarda har bir ishchi-xodimning tana harorati masofadan o‘lchovchi teplovizorlar orqali o‘lchanayapti. Shuningdek, ishlab chiqarish obyektlarida 5-Tibbiy-sanitariya qismi xodimlari tomonidan ishchi-xizmatchilar o‘rtasida shaxsiy gigiyena va karantin talablariga qatʼiy rioya etish, himoya niqobida bo‘lish, oraliq masofani saqlash yuzasidan muntazam tushuntirishlar berib kelinmoqda. Nazorat-o‘tkazish punktlarida korxona transport vositalari hamda ishchilarni tashuvchi avtobuslar dezinfeksiyalanmoqda.

22 апреля5

22 апреля6

22 апреля7

22 апреля8

Bugungi sinovli kunlarda korxona mehnat jamoasi ishchi-xodimlari o‘zaro hamjihatlikni namoyon etib, ishlab chiqarish rejasi, barcha topshiriq va vazifalarni o‘z vaqtida bajarish uchun sidqidildan mehnat qilmoqdalar.  

Nafisa SAGATBAYEVA,

5-kon boshqarmasi xodimi.

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 3172

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 3103

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 2393

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 2193

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 1643