Ishlab chiqarish jarayonlaridan fotoreportaj

Batafsil: Yaratildi: 06.04.2020 10:45 Tahrirlandi: 06.04.2020 11:13 Ko'rishlar soni: 601

Markaziy kon boshqarmasi Navoiy kon-metallurgiya kombinatining eng yirik, yetakchi bo‘linmalaridan biridir. Ayni paytda kon boshqarmasiga qarashli gidrometallurgiya zavodlari, “Muruntov”, “Auminzo-Amantoy” konlari, avtomobil transporti boshqarmasi, sexlar va laboratoriyalarda 17,5 ming nafardan ortiq ishchi-xizmatchilar mehnat qilishmoqda. Bugungi mas’uliyatli pallada ham ushbu yirik ishlab chiqarish tarmoqlarida bir muddat ham ish to‘xtagani yo‘q.

Markaziy kon boshqarmasining barcha bo‘linmalarida, ayniqsa, ishlab chiqarish manzillarida koronavirus pandemiyasiga qarshi xavfsizlik choralari ko‘rilgan, ishchi-xodimlarga tegishli gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etishlari tushuntirilib, dezinfeksiyalash ishlari belgilangan reja doirasida olib borilmoqda.

- Konchi va metallurglar, butun zarafshonliklar sinovli kunlarda xavotirga berilmasdan ishni davom ettirayaptilar. Hamkasblarimiz ruhiyatida mutloqo tushkunlik kayfiyati sezilmaydi. Ayniqsa, ishlab chiqarish tarmoqlarida ish yuksak maromi ta’minlanayapti. Barcha mas’uliyatni zimmasiga olib, mehnat qilayapti, - deydi “Muruntov” koni boshlig‘i Otabek Ravshanov.

6 апреля

6 апреля2

6 апреля3

6 апреля4

6 апреля5

6 апреля6

6 апреля7

6 апреля8

6 апреля9

NKMK Matbuot markazi.

NKMKning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Facebook: www.fb.com/ngmkofficial
Telegram: t.me/ngmkofficial
Instagram: instagram.com/ngmk.official

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 3172

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 3103

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 2393

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 2193

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 1643