Hamjihatlik, mustahkam intizom koronavirusni yengadi

Batafsil: Yaratildi: 02.04.2020 10:31 Tahrirlandi: 02.04.2020 11:49 Ko'rishlar soni: 586

Navoiy kon-metallurgiya kombinati mamlakatimiz iqtisodiyotining yetakchi drayveri hisoblanadi. Ushbu yirik sanoat korxonasida ishlab chiqarilayotgan qimmatbaho metallar hamda boshqa turdagi xalq iste’moli mahsulotlari mamlakatimiz qudratini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

2 апреля2

Eng muhimi, koronavirus pandemiyasi vaqtida ham ko‘pming kishilik kombinatda zamonaviy texnologiyalarga asoslangan barcha gidrometallurgiya zavodlari, ishlab chiqarish korxonalari va shaxtalarda ish to‘xtagani yo‘q. Ishchi-xodimlarning belgilangan tartibda muhofazasi ta’minlanib, faoliyat belgilangan reja asosida kecha-yu kunduz bir maromda davom etayotir.

Misol uchun, Navoiy mashinasozlik zavodida hozirda 3 800 dan ziyod ishchi-xodim mehnat qilmoqda. Ish uzluksiz smenada tashkil etilgan. Barcha ishchi-xodimlar uchun yetarli ish sharoitlari yaratilgan. Ulkan dastgohlar ish sur’ati bir muddat ham tingani yo‘q. Natijada mart oyida belgilangan rejalar ortig‘i bilan bajarildi.

2 апреля3

- Ayni paytda xalqimiz og‘ir sinovni boshidan o‘tkazmoqda. Bundan aslo xavotirga tushish kerak emas. Buni yengib o‘tishning eng samarali yo‘li – faqat davlatimiz tomonidan qo‘yilayotgan talablar, shifokorlarimiz tavsiyalariga qat’iy amal qilishdir. Zavodimizda ishchilarga gigiyenaga rioya etish borasida zaruriy tushuntirishlar berib kelinmoqda. Ish joylarida esa qulay shart-sharoitlar yaratilgan. Jumladan, ishga keluvchilar kunlik tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, doimiy niqobda bo‘lish talab etilmoqda. Ish joylari tez-tez dezinfeksiyalanmoqda. Xodimlar ishga borib-kelishi uchun maxsus avtobuslar ajratilgan. Bunday g‘amxo‘rlik ko‘rsatish doimiy e’tiborimizda bo‘ladi. Shu o‘rinda aytmoqchimanki, hamjihatlik, ishdan tashqari vaqtni faqat uyda o‘tkazish, shaxsiy gigiyena va farzandlar tarbiyasiga bor e’tiborni qaratish bu sinovni yengishning eng samarali usulidir, - deydi zavod direktorining ishlab chiqarish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Bobir Jo‘rayev.

2 апреля

Bugun kombinatning qay bir bo‘linmasiga bormang, albatta, ish jarayoni uzluksiz davom etayotganiga, har bir ishchi-xodim, muhandis-texnolog esa o‘z ish joyida butun mas’uliyatni zimmasiga olib yaratuvchanlik jarayonlarida faol ishtirok etib kelayotganiga guvoh bo‘lasiz.

Abdumajid JO‘RAYEV,

NKMK bosh direktori matbuot kotibi.

NKMKning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Facebook: www.fb.com/ngmkofficial
Telegram: t.me/ngmkofficial
Instagram: instagram.com/ngmk.official

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 3172

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 3103

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 2393

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 2193

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 1643