NKMKda barcha hujjatlar va murojaatlar elektron shaklda qabul qilinadi

Batafsil: Yaratildi: 01.04.2020 11:13 Tahrirlandi: 01.04.2020 11:18 Ko'rishlar soni: 669

8 января

O‘zbekiston Respublikasida koronavirus pandemiyasi natijasida e’lon qilingan karantin munosabati bilan ushbu xavfli virusning kishilar o‘rtasida yaqin masofali muloqot, qo‘l berib salomlashish va xat-hujjatlar almashish orqali tarqalishining oldini olish hamda sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash maqsadida “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasida 2020 yil 31 mart kunidan boshlab hujjatlar, xat-xabarlar va xizmatga oid barcha yozishmalarni qog‘oz ko‘rinishida qabul qilish vaqtincha to‘xtatildi.

Hujjatlar va murojaatlar faqat korxonaning “E-xat” elektron axborot almashinuvi tizimidagi nkmk@exat.uz va info@nkmk.uz elektron pochta manzillari orqali qabul qilinadi. 

Navoiy kon-metallurgiya kombinati boshqarmasi binosida jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillarini qabul qilish vaqtinchalik to‘xtatilganligi munosabati bilan barcha murojaatlar elektron shaklda korxonaning info@nkmk.uz elektron pochta manzili va “NKMK ishonch telefoni” orqali qabul qilinadi. Murojaat uchun telefonlar: 79-227-71-45, 79-227-75-58, 79-227-72-69, 79-227-75-30.

“NKMK Virtual qabulxonasi”.   

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 3173

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 3104

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 2393

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 2193

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 1643