Ezgulik yo‘lida birlashaylik!

Batafsil: Yaratildi: 27.03.2020 16:17 Tahrirlandi: 27.03.2020 17:03 Ko'rishlar soni: 507

8 января

Koronavirus pandemiyasi dunyo mamlakatlari qatorida jonajon O‘zbekistonimizni ham chetlab o‘tmadi. Yurtimizda kasallik bilan bog‘liq holatning aniqlanishi barchamizni xavotirga tushmasdan, yanada ogoh bo‘lish, belgilangan tartib-qoidalarga qat’iy amal qilish, og‘ir damlarda bir-birimizga yelkadosh, mehr-muruvvatli bo‘lishga chorladi. Negaki, xalqimiz qadimdan boshiga tashvish tushgan pallada borini yurtdoshlari bilan baham ko‘radigan, og‘ir paytlarda ulardan mehr-muruvvatini ayamaydigan, hamisha elga suyanch bo‘ladigan saxovatli insonlardir.

Ma’lumki, hamjihatlik, insonparvarlik va saxovatpeshalik – xalqimizga xos ulug‘ qadriyat. Aholi, ayniqsa, yoshlar hayotida ushbu olijanob fazilatlarning o‘rni va ahamiyati beqiyos. Bu bardavom ezgu amallar koronavirus pandemiyasiga qarshi hamkorlikda kurash hamda uning oldini olishda yanada ko‘proq namoyon bo‘layapti.

Kombinat yoshlari yurtimizda kechayotgan sinovli kunlarda xayrli tashabbus bilan chiqishdi. Ijtimoiy tarmoqlar orqali kombinat jamoasiga murojaat qilib, xalqimiz boshiga og‘ir sinov tushib turgan pallada yanada jipslashishga, ixtiyoriy ravishda “O‘zbekiston mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondini moddiy qo‘llab-quvvatlashga chorladi. Bu ezgu taklif kombinat jamoasini befarq qoldirmadi, tashabbus to‘la ma’qullandi.  

- Muhtaram Yurtboshimizning joriy yil 18 martdagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha xalqimizga murojaati biz yoshlarni hushyorlik va hamjihatlikka da’vat etdi. Albatta, bunday sinovli pallada tashabbuskor bo‘lish muqaddas burchimizdir. Murojaatimizni ko‘pming kishilik jamoamiz yakdil qo‘llab-quvvatlaganidan xursandmiz. Ayni paytda ko‘pming kishilik kombinat ishchi-xodimlarining “O‘zbekiston mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga qo‘shgan hissasi 1,5 mlrd so‘mdan oshib ketdi. Bu, shak-shubhasiz, hamkasblarimizning saxovatpeshaligi, eng og‘ir damlarda xalqimizga suyanch va tayanch bo‘lishga tayyor ekanligidan dalolat beradi. Bu xayrli ishning savobi hammamiz uchun kattadir, - deydi NKMK yoshlar yetakchilari Kengashi raisi Sanjar Rajabov.

Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamoasi respublikamiz miqyosidagi barcha ijtimoiy harakatlar, xayrli ishlarda faol ishtirok etib kelgan va bundan buyon ham shunday bo‘lib qoladi.

Abdumajid JO‘RAYEV,

NKMK bosh direktorining matbuot kotibi.

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 3172

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 3103

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 2393

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 2193

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 1643