Navoiy viloyati shahar va tumanlariga kirish va chiqish to‘xtatiladi

Batafsil: Yaratildi: 27.03.2020 09:37 Tahrirlandi: 27.03.2020 09:54 Ko'rishlar soni: 890

27 марта

Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, viloyatimiz aholisining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va xavfsizligini ta’minlash, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish hamda koronavirus infeksiyasining viloyat hududi bo‘ylab tarqalishining oldini olish maqsadida maxsus komissiya qaroriga muvofiq, 2020 yil 27 mart kuni soat 12:00 dan boshlab, Navoiy va Zarafshon shaharlari, shuningdek, Uchquduq, Tomdi, Konimex va Xatirchi tumanlariga viloyatning barcha hududlaridan kirish va chiqish har qanday transport vositalarida (avtobus, mikroavtobus va yengil avtotransport) to‘xtatiladi.

Mazkur hududlarga kirish va chiqishdagi cheklovlar yuk tashish bilan bog‘liq hollarga, shuningdek, shahar va tumanlarda (Navoiy, Zarafshon shaharlari, Uchquduq, Tomdi, Konimex va Xatirchi tumanlari) doimiy yashovchi (ro‘yxatdan o‘tgan) shaxslarga, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquq-tartibot idoralari, boshqarma, idora va tashkilot (nodavlat tashkilot)larda mehnat (xizmat) faoliyatini amalga oshirayotgan rahbar va xodimlar, shifokor va hamshiralar, davlat sanitariya va epidemiologik osoyishtalik markazi xodimlari hamda viloyat hokimining alohida topshirig‘iga asosan viloyat tumanlariga biriktirilgan mas’ul xodimlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Shu bilan bir qatorda, 27 mart kuni soat 12:00 dan boshlab ushbu hududlarda avtobuslar harakati to‘xtatiladi.

Viloyatning shahar va tumanlari hududlariga kirishga qo‘yilgan cheklovlar va karantin qoidalarini buzgan shaxslarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘riladi.

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 3172

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 3103

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 2393

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 2193

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 1643