Koronavirusga qarshi kurashish – barchamizning burchimiz

Batafsil: Yaratildi: 23.03.2020 10:45 Tahrirlandi: 23.03.2020 10:45 Ko'rishlar soni: 459

Mamlakatimizda koronavirus pandemiyasi natijasida e’lon qilingan karantin munosabati bilan Navoiy kon-metallurgiya kombinati 5-kon boshqarmasida ham infeksiyaning tarqalishini oldini olish maqsadida chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

23 марта

Unga muvofiq korxona bo‘linmalari mehnat jamoalarida koronavirus infeksiyasi profilaktikasi bo‘yicha keng targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. Jumladan, Sog‘likni saqlash vazirligi tavsiyalari va shaxsiy gigiyena qoidalariga da’vat etuvchi 400 ga yaqin turli hajmdagi ko‘rgazmali materiallar tarqatildi. Yuqumli kasalliklarning oldini olish maqsadida 600 metr doka matosidan himoyalovchi niqoblar tikilib, ishchi-xodimlarga tarqatildi.

 Shuningdek, Zafarobod qo‘rg‘onidagi 5-tibbiy-sanitariya qismi epidemiologiya bo‘limi dezinfektorlari tomonidan ishchi-xodimlar ko‘p yig‘iladigan joylarda profilaktika-dezinfeksiya ishlari kuchaytirildi. Korxona ishchi-xodimlarini tashuvchi ja’mi 47 ta xizmat avtobuslarida ertalab soat 5:00 dan 7:00 gacha hamda kechki soat 17:00 dan 19:00 gacha dezinfeksiya ishlari o‘tkazilmokda. Biriktirilgan transportlar yordamida geotexnologik konlarga chiqilib, tibbiyot punktlari xodimlariga joylarda o‘quv -taktik mashg‘ulotlar o‘tkazilib, ish kuni yakunida dezinfeksiya ishlari amalga oshirilmoqda.

23 марта2

Kon boshqarmasi tomonidan profilaktika-dezinfeksiya ishlarini o‘tkazish maqsadida 16 tonna gipoxlorid natriy dezinfeksiyalovchi vositasi va 13 dona purkagichlar bo‘linmalarga tarqatildi.   

Bugungi kunda kon boshqarmasining barcha bo‘linmalari dezinfeksiyalovchi vositalar bilan to‘liq ta’minlangan. Bundan tashqari, 5-TSQ yuqumli kasalliklar bo‘limida boks-palata tayyorlanib, zarur dori-darmonlar zaxirasi bilan ta’minlandi. 

23 марта3

Ta’kidlash zarurki, faqatgina shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etib, tegishli himoya vositalaridan foydalanib va boshqa zaruriy ehtiyot choralarini ko‘rib, kasallikning oldini olish bo‘yicha tibbiyot xodimlarining tavsiyalariga qat’iy amal qilish orqali o‘zimiz va yaqinlarimizni infeksiya xavfidan himoya qilamiz.

Yoqub KOMILOV,

5-tibbiy-sanitariya qismi

epidemiologiya bo‘limi shifokori.

 

 

 

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 3662

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 3529

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 2590

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 2389

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 1848



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish