Hamkasblar ijodidan

Batafsil: Yaratildi: 21.03.2020 13:20 Tahrirlandi: 21.03.2020 13:21 Ko'rishlar soni: 345

Shukuh

 

O‘nib o‘sayotgan nihol bargida,

Shudring jilmayganday turadi xushhol.

Ko‘hna va navqiron tog‘lar bag‘rida,

Shildirab, sharqirab suv oqar zilol.

 

Gulga qo‘nib turar go‘zal kapalak,

Qaldirg‘och, bunchalar erkin parvozing.

Daraxtda tizildi marjondek ko‘rtak,

Bulbul, hushim oldi mayin ovozing.

 

Ko‘zlarni quvnatib, dilni yayratib,

Ochilib turibdi nozik boychechak.

Nafis gullar xushbo‘y  hidin taratib,

Bu erta bahordan, ko‘klamdan darak.

 

Momolar pishirgan shirin sumalak,

Totli ta’mi og‘zingda bol kabi qolar.

Ko‘klam, bu – misoli xushro‘y kelinchak,

Beg‘ubor yoshlikni yodimga solar.

 

Qir-adirlar to‘la lolaqizg‘aldoq,

Qip-qizil alvonga to‘lar qir yuzi.

Ey, do‘stim sen avval keng olamga boq,

Shodon kirib kelar yurtim Navro‘zi!

 

G‘ayrat RAVSHANOV,

 4-gidrometallurgiya zavodi chilangar-ta’mirlovchisi.

 

*****

21 марта

Navro‘z

 

Yangradi, el aro ajib yallalar,

Olamga zavq berdi ajib pallalar,

Yasharishdan go‘zal dashtu dalalar,

Ko‘klam ta’rifiga yetishmaydi so‘z,

Bahorga hamnafas – xush kelding, Navro‘z!

 

Adirlar qizg‘aldoq, chechakka to‘lmish,

Kunu tun orasi teppa-teng bo‘lmish,

Yurtimga kelinchak bir fasl kelmish,

Sog‘inchdan sevinchga oh, to‘lgaydir ko‘z,

Poyqadaming qutlug‘, qadrdon – Navro‘z!

 

Falakda qushlarjon qanot qoqadi,

Yurakka iforli islar oqadi,

Dov-daraxt shoxiga munchoq taqadi,

Zamin kelinchakdek ochdimikan yuz,

Yoki kelinchakdek keldimi, Navro‘z!

 

Tashrif

 

Bir paytlar taqib qildilar,

Begunohlar badnom bo‘ldilar,

Ulus qalbi g‘amga to‘ldilar,

Lekin noming o‘chmadi, Navro‘z,

Xayolimdan ko‘chmading, Navro‘z!

 

Hayotimiz go‘zal, totlanib,

Tashrifingdan dunyo shodlanib,

Yoshu-qari qirga otlanib,

Chiqishdilar kutgani, Navro‘z,

Qirlardan gul tutgani, Navro‘z!

 

Bahor yomg‘iri

 

O, qishning sindi qahri,

Bahor keldi dildirab.

Ayozning tindi zahri,

Jilg‘a oqdi pildirab.

 

Shovullab yoqqan yomg‘ir,

Bosdi qorlar izini.

Shabboda esar g‘ir – g‘ir,

Chaydi maysa yuzini.

 

Gumburlaydi qaldiroq,

Chok – chokidan so‘kildi.

Samodan munchoq – munchoq,

Oppoq durlar to‘kildi.

 

Sim – sim yoqqan tomchilar,

Chertdi qalblar torini.

Ko‘klam otin qamchilar,

Yetaklab bahorini.

 

Tog‘ bahori

 

Ulkan tog‘lar bag‘rida bahor,

Chayqaladi ajib shalola.

Chiroy ochib shunday betakror,

Sollanadi qip – qizil lola.

 

Haroratli ulkan xarsang tosh,

Mag‘rur turar zalvarli qoya.

Daydi esgan shamollar bebosh,

Oq tush bulut qiladi soya.

 

Daralarda ko‘klam nafasi,

Dimoqlarni qitiqlar islar.

Dahri dunda qushlarning sasi,

Entiktirar bahoriy hislar.

 

Tog‘lar buyuk,

Qoya ulug‘vor,

Buloq aytar betakror bayot.

Do‘stim, tog‘ga kelibdi bahor,

Demak, davom etadi hayot.

 

Abdumajid JO‘RAYEV.

 

*****

21 марта2

 

Ko‘klam tilagi

 

Bahorning elchisi qaldirg‘och keldi,

Qir-adirlar yashil maysaga to‘ldi,

Xalqimning tole, iqboli kuldi,

Yurtimga xush kelding, Navro‘zi olam!

 

Naqadar yoqimli ko‘klamning isi,

Yanada yashardi borliqning tusi,

Bahor, bu – faslning kelinchak qizi,

Yurtimga xush kelding, Navro‘zi olam!

 

Barchaning dilida ezgu tilaklar,

Guldan-gulga qo‘nar hur kapalaklar,                                                                                                     G‘ayratga to‘lgaydir vujud, bilaklar,                                                                                                         Yurtimga xush kelding, Navro‘zi olam!

 

Navro‘z, bu – yashillik, yasharish fasli,

Bu ayyom azaldan qadrdon asli,                                                                                   

Biz baxtli avlodmiz, ajdodlar nasli,

Yurtimga xush kelding, Navro‘zi olam

 

Abdulla JUMAYEV,

Markaziy kon boshqarmasi xizmatchisi.

 

*****

21 марта3

Ассалом, навруз!

 

Старые, седые минареты,

Осветили вешние лучи.

Как стихи восточного поэта,

Зажурчали среди гор ручьи.

 

Просыпайся, спящая природа,

В небе ярче, солнышко, свети –

Праздник отмечают все народы,

На Великом шелковом пути.

 

Разрывает воздух звук карнаев,

Расцветают почки миндаля.

Праздник этот песнею встречает,

Щедрая узбекская земля.

 

Дастархан огромный накрывает,

Рада будет дорогим гостям.

Сумаляк отведать приглашает,

В праздник дорогой – «Навруз байрам»!

 

Алла ГОРЯЧЕВА,

работница Центрального рудоуправления.

 

*****

 

Навруз

 

Навруз пришёл, весна в окно стучится,

И тихо-тихо просыпается земля.

В степях рептилиям уже не спится,

И в небе слышно песни журавля.

 

Вот одуванчики желтеют вдоль арыков,

Везде цветов весенний аромат.

Звенит в ушах от птичьих славных криков,

Жужжаньем пчёл наполнился наш сад.

 

А во дворе гоняют мячик дети,

Всей махаллёй мы варим сумаляк.

Навруз несёт нам радостные вести,

Год начался в домах и на полях.

 

Наталья ФИЛЛИПОВА,

пенсионер НГМК.

 

*****

Bahor

 

Daraxtlar gullagan, tog‘larda lola,

Yфm-yashil maysalar, bog‘larga bahor.

Ko‘zlarim yo‘lingda zor-u, intizor,

Keldingmi, ko‘ngillar kuychisi, bahor.

 

Bayramlar yarashar ona xalqimga,

Sumalak boshlanar erta tong nahor.

Kuy-qo‘shiq avjida, mavjlanar viqor,

Keldingmi, ko‘ngillar kuychisi, bahor.

Yфxshiyamki dunyoda siz bor!

 

Akbar BURHONOV,

“Marjonbuloq” koni burg‘ulash uskunasi mashinisti.

 

*****

Nahot yana qaytding, azizim Bahor!

 

Nahot yana qaytding, azizim Bahor,
Nafasing ufurdi bu siqiq  dilga?!
Bilsang,
Sensiz bir on yashamadim men,
Besamar xayollar tushdi ko‘ngilga.


Bog‘chalar yuz burdi,
Qurtlar gulladi,
Ayblarim shamolning etaklariga.
Sabrimni sabolar bir-bir pulladi,
Qorabotirlarning ertaklariga.


Nahot yana qaytding, azizim Bahor,
Kipriklarim usti - sog‘inching tirik.
O‘zing- nafasimni bezagan Izhor,
O‘zing - ildizimda qonsan yugurik.


Endi yashajakman yana million yil,
Tashrifing tomrimga suv berdi shoyon!
Men seni million yil kutgandim axir! ...

.... Bahorga nikohla meni, Xudojon!

 

Gulnoz SATTOROVA,

Navoiy davlat konchilik instituti xodimi.

 

 

 

 

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 4189

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 4128

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 2927

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 2702

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 2157



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish