Chora-tadbirlar kuchaytirilmoqda

Batafsil: Yaratildi: 20.03.2020 13:36 Tahrirlandi: 20.03.2020 13:36 Ko'rishlar soni: 177

20 марта

Bugungi kunda Navoiy kon-metallurgiya kombinati rahbariyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning yangi turi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoyishi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 18 fevraldagi topshirig‘idan kelib chiqib, koronavirus infeksiyasini kirib kelishi va tarqalishini oldini olish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, bu borada NKMKning shu yil 16 martdagi maxsus buyrug‘i va muhim yo‘nalishlarni mujassam etgan 13 banddan iborat qo‘shimcha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanib, tegishli epidemiologik choralar ko‘rilmoqda.

 “COVID-19” – koronavirus infeksiyasini kirib kelishi va tarqalishini oldini olish maqsadida kombinat rahbariyati va mas’ul  mutaxassislaridan iborat epidemiyaga qarshi markaziy ishchi guruhi, shuningdek, koronavirus kasalligining chetdan kirib kelishi va tarqalishining oldini olish, epidemiyaga qarshi kurash tadbirlarini ishlab chiqish hamda muvofiqlashtirish bo‘yicha kombinatga qarashli Tibbiy-sanitariya bo‘limida alohida shtab tashkil etildi.

Belgilangan rejaga ko‘ra, yuqumli kasalliklarning chetdan kirib kelishini oldini olish va profilaktik tadbirlarni o‘z vaqtida o‘tkazish maqsadida, kombinat barcha bo‘linmalariga malakali tibbiyot xodimlar biriktirildi. Ishlab chiqarish korxonalarida koronavirus infeksiyasini oldini olish yuzasidan keng ko‘lamli sanitariya-targ‘ibot, infeksiyaga qarshi dezinfeksiya ishlari izchil amalga oshirilmoqda. Ishchi-xodimlar o‘rtasida tana harorati ko‘tarilgan yoki boshqa kasallik alomatlari yuzaga kelganda, zudlik bilan ularni alohidalash, virusologik laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazish hamda davolash ishlarini xalqaro standartlar bo‘yicha olib borish uchun barcha zarur choralar ko‘rilmoqda.

Kombinat ma’muriyati tomonidan koronavirus infeksiyasi kirib kelishi va tarqalishini oldini olish maqsadida ayni paytda kombinatga qarashli karantin davolash muassasalarida (gospital, provizor, izolyator) bemorlarni davolash uchun virusga qarshi yetarli tarzda dori-darmonlar, tibbiy anjomlar va dezinfeksiyalovchi vositalar, maxsus kiyim-bosh, zararsizlantirish vositalari, niqoblar zaxirasi yaratildi.

Bugungi kunda qabul qilingan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq koronavirus kasalligi kirib kelishi va tarqalishining oldini olishga qaratilgan mutaxassislar o‘rtasida davra suhbati, davolash usullari va profilaktikasi bo‘yicha malakali mutaxassislar tomonidan tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

Koronovirus infeksiyasi profilaktikasi bo‘yicha o‘zbek va rus tillarida turli plakat, buklet va flayerlar tayyorlanib, tarqatildi. Tegishli shifoxonalarda davolashga mo‘ljallangan boks-palatalar shay holatga keltirildi.

Kombinatda epidemik vaziyat hamda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha kunlik monitoring yo‘lga qo‘yilib, amaliy natijalari bo‘yicha rahbariyatga ma’lumot berib borilmoqda.

Gulandom PARDAYEVA,

NKMK bosh sanitar shifokorining o‘rinbosari,

kombinat markaziy ishchi guruhi kotibi.

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 2890

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 2859

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 2216

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 2021

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 1469