Xavotirga o‘rin yo‘q

Batafsil: Yaratildi: 18.03.2020 10:32 Tahrirlandi: 18.03.2020 10:33 Ko'rishlar soni: 498

18 марта

Hurmatli Navoiy kon-metallurgiya kombinati ishchi-xodimlari!

Aziz do‘stlar!

Respublikamizda koronavirus pandemiyasi natijasida e’lon qilingan karantin munosabati bilan Navoiy kon-metallurgiya kombinatida ham maxsus buyruq qabul qilindi. Unga muvofiq NKMK hududiga koronavirus (Covid-19) infeksiyasi chetdan kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar tasdiqlandi.

NKMK Tibbiy-sanitariya bo‘limida kombinat bosh direktorining umumiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari N.Raxmanov raisligida koronavirus kasalligining chetdan kirib kelishi va tarqalishining oldini olish, epidemiyaga qarshi kurash tadbirlarini ishlab chiqish hamda muvofiqlashtirish bo‘yicha alohida markaziy ishchi guruhi tashkil etildi. Guruh tarkibiga kombinat xodimlari kasaba uyushmalari Kengashi raisi, Tibbiy-sanitariya bo‘limi boshlig‘i, kombinat bosh muhandisining sanoat xavfsizligi, fuqaro muhofazasi va favqulotda vaziyatlar bo‘yicha o‘rinbosari, Kadrlar boshqarmasi, Moddiy-texnika ta’minoti boshqarmasi, tartibot va maxfiylik, ijtimoiy soha ob’yektlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limlari boshliqlari, kombinat yoshlar yetakchilari Kengashi raisi, NKMK Tibbiy-sanitariya bo‘limi boshlig‘ining sanitariya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, kombinat bosh sanitariya vrachi va uning o‘rinbosari kiritildi.

Chora-tadbirlar rejasida mutaxassislar ishtirokida kasallik kirib kelishi va tarqalishining oldini olishga qaratilgan davra suhbati tashkil etish, epidemik vaziyat hamda amalga oshirilgan ishlar haqida rahbariyatga kunlik ma’lumot kiritib borish, davolash usullari va profilaktikasi bo‘yicha malakali mutaxassislarni jalb etgan holda seminarlar, shuningdek, o‘quv-taktik mashg‘ulotlar o‘tkazish, targ‘ibot ishlarini kuchaytirish, koronavirus infeksiyasi profilaktikasi bo‘yicha tarqatma materiallar tayyorlash va tarqatish ko‘zda tutilgan.

Ayni paytda kombinatga qarashli karantin davolash muassasalarida (gospital, provizor, izolyator) bemorlarni davolash uchun yetarli miqdorda virusga qarshi simptomatik dori-darmonlar, tibbiy anjomlar va dezinfeksiyalovchi vositalar zaxirasi yaratildi. Bundan tashqari, Tibbiy-sanitariya bo‘limi bolalar yuqumli kasalliklar shifoxonasida 5 tadan yuqori kontagioz yuqumli kasalliklarni qabul qilish va ularni davolashga mo‘ljallangan boks-palatalar shay holga keltirilib, zaruriy dori-darmonlar, shaxsiy himoya vositalari va dezinfeksiyalovchi vositalari bilan to‘la ta’minlandi.

Bugungi kunda tegishli mas’ullar tomonidan kombinatda ushbu xavfli kasallikning oldini olishga qaratilgan keng ko‘lamli targ‘ibot-tashviqot ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga qarashli Tibbiy-sanitariya bo‘limidan olingan ma’lumotlarga qaraganda, hozirga qadar qariyb ellik olti ming nafar ishchi-xodim ishlayotgan korxonada koronavirus (Covid-19) infeksiyasiga chalinganlar va gumon qilinganlar yo‘q. Mazkur dolzarb masala kombinat rahbariyatining doimiy nazoratiga olingan.

Barchani vahimaga berilmaslikka hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi tavsiyalari va shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilishga da’vat etamiz.

NKMK Matbuot markazi.

NKMKning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Facebook: www.fb.com/ngmkofficial
Telegram: t.me/ngmkofficial
Instagram: instagram.com/ngmk.official

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 2889

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 2858

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 2215

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 2021

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 1469