«QIZILQUM OVOZI – 2018»

Batafsil: Yaratildi: 25.04.2018 14:04 Tahrirlandi: 08.05.2018 15:08 Ko'rishlar soni: 2064

“Konchilar hayoti” gazetasining 2018 yil 26 apreldagi 8-sonida e’lon qilingan pressangmk.uz/ru/news/71 Mila Karimovaning «Qizilqum ovozi – 2018» nomli maqolasida ta’kidlanishicha, joriy yilning 11-14 aprel kunlari “Farxod” madaniyat saroyida estrada qo‘shiqlari yosh ijrochilari o‘rtasida «Qizilqum ovozi – 2018» XIII ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tgan. Ushbu tadbir Navoiy kon-metallurgiya kombinati madaniyat muassasalarining jamoalari o‘rtasida havaskor ijodini, bolalar estrada va milliy san’atini rivojlantirish maqsadida o‘tkazilgan. An’anaviy musiqiy tanlovda kombinat madaniyat muassasalaridagi jamoalardan 16 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan 22 ijrochilar ishtirok etgan.

«QIZILQUM OVOZI – 2018»

Ushbu ko‘rik ishtirokchilarini O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, bastakor Qozim Qayumov, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, “O‘zbekiston” telekanali bosh rejissyori Alisher Madraximov, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, “O‘zbekiston” milliy teleradiokompaniyasi oliy toifadagi suhandoni Shuhrat Qayumov, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Bobur Bobomurod, respublika va xalqaro tanlovlar laureati, xonanda Baxtiyor Sultonov baholaganlar.

«QIZILQUM OVOZI – 2018»2

Natijada uchunchi o‘rinni zafarobodlik Vaysin va Vays Jubanovlar («DIDAR» dueti) va zarafshonlik Xurshid Dehqonov egallaganlar. Ikkinchi o‘rin sohibasi navoiylik Sabina Qodirova bo‘lgan. Birinchi o‘rinda esa zarmitanlik Mahliyo Xudoyqulova bo‘lgan. Oliy mukofot – Gran-priga navoiylik Anatoliy Nazarov sazovor deb topilgan. G‘oliblarga qimmatbaho sovg‘alar topshirilgan.

NKMK matbuot markazi.

Mavzuga oid yangiliklar

SOVRINDORLARGA MEDALLAR TOPSHIRILDI

15.09.2017 06:16 3750

YANGI OB'YEKTLAR ISHGA TUSHDI

27.09.2017 08:44 3170

ZAVODDA AN’ANALAR QADRLANADI

02.10.2017 09:37 3648

HAR BIR MUHANDIS VA ISHCHI – IXTIROCHI

13.11.2017 13:28 2537

YANGI AVTOTRANSPORT VOSITALARI — YANGI IMKONIYATLAR KAFOLATI

14.11.2017 09:35 3000