NKMK yoshlar bog‘lari yaratildi

Batafsil: Yaratildi: 14.03.2020 14:05 Tahrirlandi: 14.03.2020 14:08 Ko'rishlar soni: 742

14 марта

Bepoyon Qizilqum cho‘llariga bahor keldi... Ona tabiat o‘yg‘onishi, fusunkor fasl tarovati butun olamni yashnatib, xalqimizni bog‘-rog‘lar yaratishga chorlayapti. Fusunkor faslda Navoiy kon-metallurgiya kombinati yoshlari Navoiy shahri, Zafarobod qo‘rg‘oni va Tomdi tumanida jami 30 gektarlik NKMK yoshlar bog‘larini yaratishga bel bog‘lashdi.

14 марта2

14 марта3

14 марта4

Jumladan, Navoiy shahrida 2 gektarlik maydonga 1 ming 400 tup olma, Zafarobod qo‘rg‘onida 20 gektarlik maydonga cho‘l iqlimiga chidamli 16 ming tup tut va qayrag‘och ko‘chatlari, Tomdi tumanida 8 gektarlik maydonga 5 ming tupdan ortiq turli mevali daraxt nihollari qadaldi.

14 марта5

14 марта6

- Bugun respublikamizning barcha hududlaridagi kabi Navoiy viloyatida ham ko‘chat ekish ishlari qizg‘in tus oldi. Kombinat yoshlarini tobora kengroq qamrab olayotgan “Green challenge” ekochorlov aksiyasi doirasidagi xayrli ishlarda shu kunlari ming nafarga yaqin ko‘ngilli yoshlarimiz ishtirok etib, Navoiy shahri, Zafarabod qo‘rg‘oni va Tomdi tumanida maxsus texnikalar imkoniyatlaridan foydalanib, 22,5 ming tupdan ziyod mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini o‘tqazdilar. Albatta, cho‘lda bog‘ yaratish oson emas. Kombinat yoshlari tomonidan hududlar iqlimiga mos tanlangan nihollar o‘tqazilgan maydonlar ertaga ko‘rkam bog‘-rog‘larga, xalqimizning so‘lim maskanlariga aylanishiga ishonamiz, bunga hissa qo‘shayotganligimizdan mamnunmiz, - deydi NKMK yoshlar yetakchilari Kengashi raisi Sanjar Radjabov.

14 марта7

14 марта8

Ha, Navro‘z bayrami oldidan kombinat yoshlari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari aholining ekologik madaniyatini oshirish bilan birga, hududlarga ko‘rkamlik, odamlar diliga xushnudlik, bahoriy kayfiyat olib kirishi bilan ahamiyatlidir.                                                                  

 NKMK Matbuot markazi.

NKMKning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Facebook: www.fb.com/ngmkofficial
Telegram: t.me/ngmkofficial
Instagram: instagram.com/ngmk.official

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 4065

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 4001

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 2828

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 2595

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 2045



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish