Batafsil: | Yaratildi: 28.09.2017 08:36 | Tahrirlandi: 03.05.2018 10:11 | Ko'rishlar soni: 19225 |
Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati uchun mukofot shaklida maxsus sertifikat va statuetka bilan taqdirlab keladi. Evropa Sifat Tadqiqotlari jamiyatining iyun oyida London shahrida bo‘lib o‘tgan anjumanida Navoiy kon-metallurgiya kombinati oltin kategoriyasida sifatni boshqarish tizimidagi yutuqlarni saqlab turish va takomillashtirish ishlariga qat’iy rioya qilib kelayotganligi uchun shunday mukofotga munosib ko‘rildi.
Navoiy kon-metallurgiya kombinati bosh direktori Quvondiq Sanaqulov juma kuni o‘tkazilgan an’anaviy selektor yig‘ilishini xushxabar bilan boshladi. Q.Sanaqulov kombinatning xalqaro miqyosidagi yuksak e’tirofga sazovor bo‘lishida ulkan korxonaning ko‘pming kishilik jamoasining munosib ulushi borligini alohida ta’kidlab o‘tdi.
Navoiy kon-metallurgiya kombinati hozirga qadar xalqaro tashkilotlarning 18 ta sifat sertifikatlari bilan taqdirlangan.
Kombinatimiz 1993 yildan buyon London oltin quymalari bozori Assotsiatsiyasi (LARS) a’zosi hisoblanadi. 1998 yilda korxona mahsuloti Tokio birjasida ham yuqori baholanib, Yaponiya davlatining Qimmatbaho metallar bozori talablariga to‘liq javob berishi tan olingan. Bunday yutuqlar nafaqat Navoiy kon-metallurgiya kombinati, balki O‘zbekistonning oltin ishlab chiqaruvchi mamlakatlar orasida shuhrati yuksalayotganidan darak beradi, - deydi NKMK texnik nazorat xizmati boshlig‘i Baxtiyor Xolmurodov.
Azamat ZARIPOV,
NKMK Matbuot markazi boshlig‘i.
Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…
28.09.2017 08:36 | 19226 |
Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…
28.09.2017 08:41 | 18171 |
Joriy yilning 8 sentyabr kuni “Farhod” madaniyat saroyida viloyatimizdagi shahar va shahar tashqarisidagi bolalar oromgohlarida yozgi sog‘lomlashtirish…
28.09.2017 09:52 | 4939 |
“Navoiy mashinasozlik zavodi” ishlab chiqarish birlashmasi ko‘p yillik boy tarixga ega. Uning bo‘linmalarida mashinasozlik sohasining turli yo‘nalishlari bo‘yicha…
02.10.2017 09:32 | 4841 |
O‘qituvchilar va ustozlar bayrami arafasida nafaqat ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan insonlarga, balki qaysi sohada bo‘lmasin o‘z bilim va tajribasini yoshlarga sidqidildan…
02.10.2017 09:34 | 3969 |
Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…
Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…