“Dovgiztov” konida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

Batafsil: Yaratildi: 02.03.2020 11:16 Tahrirlandi: 02.03.2020 11:31 Ko'rishlar soni: 914

NKMK bo‘linmalari mehnat jamoalarida

Bugungi kunda “Dovgiztov” koni nafaqat Shimoliy kon boshqarmasi, balki Navoiy kon-metallurgiya kombinatining ham peshqadam bo‘linmalaridan biri hisoblanadi.

2 марта

Konda ma’dan qazib olish va uni 3-gidrometallurgiya zavodiga yetkazib berish hajmi yildan-yilga oshib bormoqda. Jumladan, o‘tgan yili tog‘ jinslarini qazib chiqarish hajmini 2018 yildagiga nisbatan qariyb 4 million kub metrga, kon ish boshlagan dastlabki yildagidan olti baravardan ortiqroq ko‘paytirishga erishildi.

Kon mehnat jamoasi joriy yilni muvaffaqiyatli boshladi. Yanvar oyi uchun belgilangan barcha iqtisodiy ko‘rsatkichlar rejasi oshirib bajarildi. Tajribali mutaxassis Sherzod Hamroyev bosh bo‘lgan kon jamoasi atrofiga sohaga aloqador 530 nafar turli kasb egalari va muhandis-texnik xodimlar birlashgan. Ularning 200 nafarga yaqinini yoshlar tashkil etadi.

Korxonada Yaponiya va Shvetsiyada ishlab chiqarilgan zamonaviy burg‘ilash uskunalari va ekskavatorlardan foydalanilayapti. Kondan tog‘ jinslarini tashib chiqarish 55 tonnadan 136 tonnagacha yuk ko‘tarish quvvatiga ega BelAZ rusumli avtoag‘dargichlar yordamida amalga oshirilmoqda. Joriy yil texnik va texnologik jihozlash dasturiga muvofiq “Dovgiztov” koniga Yaponiyada ishlab chiqarilgan ikkita Hitachi EX-1200, Rossiyada ishlab chiqarilgan bitta EKG-8US va bitta EKG-10 ekskavatorlari hamda Shvetsiyada ishlab chiqarilgan uchta Flexi ROC D55 rusumli burg‘ilash uskunalari keltiriladi. Demak, 2020 yil uchun mo‘ljallangan rejalarni bajarishda yangi imkoniyatlar tug‘iladi.

2 марта2

Konda ish vaxta usulida tashkil etilgan va barcha qulayliklarga ega yotoqxonalarda ishchi-xizmatchilarning unumli ishlashlari, ishdan bo‘sh paytlarida dam olishlari uchun zarur sharoitlar muhayyo etilgan. Ishchi-xizmatchilarning yashash sharoitlarini yaxshilash va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida kon hududida qurib bitkazilib, zamonaviy mebellar va maishiy jihozlar bilan ta’minlangan, har biri yuz kishilik o‘ringa ega ikkita yotoqxona yaqinda foydalanishga topshiriladi. Yil oxirigacha esa yana ikkita xuddi shunday yotoqxona qurib bitkaziladi.

“Dovgiztov” konida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil “Konchilar hayoti” gazetasining 2020 yil 27 fevraldagi 4-sonida chop etilgan maqolada o‘qishingiz mumkin. Gazetaning ushbu sonini qo‘yidagi havola orqali topishingiz mumkin http://pressangmk.uz/uz/news/694

NKMK Matbuot markazi.

NKMKning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Facebook: www.fb.com/ngmkofficial
Telegram: t.me/ngmkofficial
Instagram: instagram.com/ngmk.official

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 4188

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 4128

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 2925

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 2702

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 2157



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish