“Caterpillar” avtoag‘dargichlari haydovchilari yangi simulyatorda amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazishmoqda

Batafsil: Yaratildi: 24.02.2020 14:06 Tahrirlandi: 24.02.2020 14:06 Ko'rishlar soni: 516

“Muruntov” konida tog‘ jinslarini tashiydigan avtoag‘dargichlar haydovchilarining mahorat va bilimini mustahkamlash maqsadida Markaziy kon boshqarmasi Avtomobil transporti boshqarmasi o‘quv binosida “Caterpillar” avtoag‘dargichini haydash simulyatori foydalanishga topshirildi.

24 февраля

Ushbu simulyator Avstraliyaning Immersive Technologies firmasi tomonidan tayyorlangan bo‘lib, unda o‘quv mashg‘ulotlari ishtirokchilari bo‘lgan haydovchilar amaliy tajribalarini oshirishdan tashqari zamonaviy konchilik texnikalarining imkoniyatlarini ham o‘zlashtirmoqdalar. 2017 yildan boshlab bu yerda “BelAZ” avtoag‘dargichining dinamik haydash simulyatoridan foydalanilmoqda. O‘zida eng zamonaviy texnologiyalarni jamlagan yangi simulyatorning afzalligi shundaki, unda “Muruntov” koni aks ettirilgan kompyuter dasturi o‘rnatilgan. “Caterpillar” avtoag‘dargichini haydash simulyatorida avtotransport texnikasini boshqaradigan haydovchilar monitor ekranida “Muruntov” koni hududida joylashgan ob’yektlarni ko‘rishadi. “BelAZ” avtoag‘dargichini haydash simulyatorining kompyuter dasturida esa boshqa kon aks ettirilgan.     

24 февраля2

Yangi simulyatorda “Caterpillar” avtoag‘dargich kabinasi to‘liq ifodasini topgan. Haydovchi kabinaga o‘tirib, mashg‘ulotlarni xavfsizlik kamarini taqishdan boshlaydi. Agar xavfsizlik kamari taqilmasa, simulyator ishlamaydi. Mashg‘ulotlarda haydovchilar avtoag‘dargichni kunduzi yoki kechasi, yilning turli fasllaridagi har xil ob-havo sharoitlarida boshqarishadi.  

24 февраля3

Shuningdek, Avtomobil transporti boshqarmasiga ushbu simulyator bilan birga virtual tarzda gidronasoslarni yechish va yig‘ish bo‘yicha chilangarlarni o‘qitish va qayta tayyorlashga mo‘ljallangan trenajor ham olib kelindi. Trenajor kompyuter dasturiga “Caterpillar” avtoag‘dargichining virtual ko‘rinishdagi 12 ta gidronasosi joylashtirilgan.  

Bugungi kunda “Muruntov” konida “Caterpillar” firmasida ishlab chiqarilgan, 181 tonna yuk ko‘tarish quvvatiga ega 13 ta avtoag‘dargichlar hamda 50 ta avtogreyder, yukortgich va buldozerlar ishlatilmoqda. Kelajakda ushbu simulyator yordamida mazkur firmaning boshqa turdagi avtotransport texnikalarini boshqarishda foydalansa bo‘ladigan, almashtiriladigan modullarni olib kelish rejalashtirilgan.

NKMK Matbuot markazi.

NKMKning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Facebook: www.fb.com/ngmkofficial
Telegram: t.me/ngmkofficial
Instagram: instagram.com/ngmk.official

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 2890

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 2859

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 2216

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 2021

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 1469